Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayr Santyago, salom Alfredo!

"Real Madrid" ishtirokidagi uy o'yinlarni sharhlaganda yillar davomida bir xil ibora bilan boshlardik.

.
- Yuklab olish

"Real Madrid" ishtirokidagi uy o'yinlarni sharhlaganda yillar davomida bir xil ibora bilan boshlardik. Madrid, Santyago Bernabeu stadioni! Ammo bu safar unday bo'lmaydi, ko'p narsa o'zgardi. Mening xotiramda birinchi bor "Real" La Liga doirasidagi rasmiy o'yinini zaxira stadionida o'tkazadi. Demak, Madrid, Alfredo Di Stefano stadioni!

"Real Madrid" - "Eybar"

Chempionlik uchun kurashda "Real" 2 ochko farq bilan ikkinchi o'rinda ketmoqda. Qoqilsa, farq oshishini tushunib turibdi. "Eybar"ning motivatsiyasi esa La Liga ro'yxatidan o'chib yoki uchib ketuvchilar qatoriga tushib qolmaslik. "Eybar" uchun plyus tarafi "Real"ning odatiy komfort zonasidan chetga chiqib, kichkinagina bo'sh stadionda o'ynashi. "Real" uchun plyus ko'pgina futbolchilar jaroxatidan qutilishi, shuningdek, "Betis"dan uchralgan mag'lubiyat kayfiyati unutilgani.

Ertaga ma'lum bo'ladi, kim karantinni uy sport zalida o'tkazdiyu, kim buvisinikida.

Birgalikda ko'ramiz!

14 iyun, yakshanba, 22:30
"Real Madrid" - "Eybar"
FUTBOL-TV. Live!

Davron Fayziev.

BestMaster
13 Iyun 2020, 15:00
santyago, salom, alfredo!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads