Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ko'rishingiz shart! Futbol tarixidan so'ylovchi suratlar (48-qism)

1975-yil. Kubog egalari kubogida zafar quchgan “Dinamo Kiev” jurnal muqovasida ko'rinish bermoqda.

.
- Yuklab olish

Ushbu ruknimizga oid tarixiy suratlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

 

Pele Kolumbiya terma jamoasi ustidan kulishda davom etmoqda. Bu uchrashuvda u naqd 4 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan edi.

 

1996-yil. Raul Madrid universitetida imtihon topshirmoqda. U juda iqtidorli talaba bo'lgan.

 

Frants Bekkenbauer AQShda oila a'zolari bilan sayr qilmoqda. U o'z faoliyatining so'nggi mavsumlarini MLSda o'tkazgan.


 

1999-yil. Bu hech qanday fotoshop emas. Braziliya va “Barselona” jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida olingan surat. Rivaldo terma jamoa libosida klubdoshlariga qarshi.

 

Gullit, Erkard va Van Basten triosi. Ular o'z vaqtida “Barselona”dagi MSN yoki “Real”dagi BBC dek qudratga ega edi.


 

“Liverpul” afsonasi Bill Shenkli doimo muxlislar bilan yaqin bo'lishga intilgan. Uni hali-hamon muxlislar o'z qo'shiqlarida yodga olib turishadi.

 

1986-yil. Garri Liniker “Barselona” safidagi o'zining ilk “el-klassiko”sini o'tkazmoqda. “Santiyago Bernabeo” uni juda yomon qarshi olganidan hayratda.

 

Jorj Best nima uchun yuqori saviyada uzoq muddat to'p surmagani ma'lum…

 

“Nottingem Forest” g'alati jamoa. Ular bor yo'gi bir bor APLda g'olib chiqishgan, lekin naqd 2 bor Evropa chempionlar kubogi (YChL)da zafar quchgan. E'tiborlisi shundaki, ular bu ishni ketma-ket uddalashgan.

 

Grettsiya hujumchisi Angelos Xaristeas Portugaliyani o'z uyida dog'da qoldirgan golni final uchrashuvida darvozaga joylamoqda. 1 soniyadan so'ng, Gretsiyalik futbolchilar afsonaga, portugaliyaliklar omadsizga aylanadi.

 

1966-yil. Shotlandiyalik futbolchilar Bert Paton va Aleks Fergyusondan ajoyib surat.

 

1975-yil. Kubog egalari kubogida zafar quchgan “Dinamo Kiev” jurnal muqovasida ko'rinish bermoqda.


 

 

BestMaster
13 Iyun 2020, 09:30
korishingiz, shart!, futbol, tarixidan, soylovchi, suratlar, 48-qism,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Ажойб
13 Iyun 2020, 11:34
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads