Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Barselona” tarixidagi eng yomon natija qayd etgan murabbiy kim?

“Agar “Barsa” o'z uslubiga sodiq qolgan holda to'p surib sovrin yutmaganida, hech kim ularni tanqid qilmagan bo'lar edi. Biz esa, klub futbol falsafasida uzoqlashdik va birorta sovrin yutmadik. Bu chinakam omadsiz mavsum”

.
- Yuklab olish

“Barselona”ni boshqarish istalgan murabbiy uchun ham muammo tug'dirishi turgan gap. Doimo klubdan katta g'alabalarni talab qiluvchi muxlislar va rahbariyat bilan ishlash murabbiylar uchun katta bosimni yuzaga keltiradi. Afsuski, hamma murabbiylar ham bu bosimni engib o'ta olmaydi. Stadion.uz bugun ana shunday bosimga dosh bera olmagan murabbiylar bilan tanishtirib o'tadi.

Xennes Vaysvaler (may 1975 – aprel 1976)

 

Vaysvaler Kataloniyaga “Borussiya M” bilan Evropa chempionlar kubogida zafar quchgan murabbiy sifatida taklif etiladi. “Barselona”ni qo'lga olguniga qadar Hennes ikki bor Bundelisligada g'olib chiqqan va o'z o'yin uslubini targ'ib qiluvchi mutaxassis edi. E'tiborlisi shundaki, nemis murabbiyi klubda afsonaviy Rinus Mixelsning o'rnini egallaydi. Afsuski, murabbiy yangi ish joyida tezda muammoga uchradi. Klubning «o'sha davrdagi Messisi» - Yohan Kroyf Vaysveler targ'ib etayotgan futbolni ochiqchasigahushlamaydi. Oqibatda, klubda ichki nizolar boshlanib ketdi. Rahbariyat bu nizoni to'xtatish uchun Kroyf yoki Hennesni olib qolish lozimligini tushundi va futbolchining foydasiga qaror qabul qildi. Vaholanki, Xennes Vaysfeller oz faoliyati davomida 11 ta sovrin yutgan, kelajagi porloq mutaxassislardan edi. Keyinchalik murabbiy AQShda ish olib bordi va o'sha erda futboldagi faoliyatiga nuqta qo'ydi.

Laslo Kubala (may 1980 – noyabr 1980)

Kubala futbolchi sifatida aynan “Barselona”da nom qozongan.         Aslida Laslo ikki bor jamoaga murabbiy etib tayinlangan, biroq uning ikkinchi urunishi shu qadar omadsiz chiqdiki, hatto “ “FourFourTwo” nashri tomonidan klub tarixidagi eng omadsiz murabbiylar qatoriga qo'shildi. Hozir ana shu ikkinchi urunish haqida qisqacha to'xtalib o'tmoqchimiz.

Laslo naqd 11 yil Ispaniya terma jamoasini boshqarganiga qaramay, aytarli hech qanday yutuqlarga erisha olmadi. 1980-yilda bo'lib o'tgan Evropa chempionatida esa umuman gurhdan ham chiqa olmadi. Shu sababli uni Kataloniyada juda sovuq qarshi olishdi. Boz ustiga ilk 13 ta o'yindagi 6 ta mag'lubiyat vaziyatni chigallashtirib yubordi. “Kyoln”dan qabul qilingan 4 ta javobsiz gol Kubalaga chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'yishlariga sabab bo'ldi.

Lorens Ferrer (may 2000 – aprel 2001)

Qizqarli fakt! Ferrer ham “Barselona” boshqaruvini qo'liga olguniga qadar, Seten singari “Betis”da ishlagan va yaxshi natijalarni qayd etgan. Shunday bo'lsada, 2000-yilda Lui Van Galning o'rnini egallagan murabbiyni futbolchilar qarsaklar bilan qarshi olishmagani bor gap. Boz ustiga, Lorens o'zining ilk mavsum oldi yig'inlari chog'ida “qovun tushurgach”, hech kim uning kelajakda “mo''jiza” namoyish etishiga ishonmay qo'yadi. Gap shundaki, Ferrer yozda klubga kelib qo'shilgan Emanuel Petitdan avvalari qaysi pozittsiyada to'p surgani (tanimagani bois)haqida so'raydi. Achinarlisi shundaki, murabbiy klubni Figu tark etgach, jamoaviy o'yinni tashkil eta olmadi. Qo'shimchasiga ichki nizolarni bartaraf etish uchun unga “avtoritet” ham etishmadi. Kataloniya klubi murabbiyga “ “Lids” va “Liverpul”dan uchralgan mag'lubiyatlardan so'ng (EChL va UEFA kubogi musobaqalarida) ham ishonishda davom etdi, biroq uyda “Osasuna”ga boy berilgan (1:3) o'yin so'nggi nuqtani qo'yishga sabab bo'ldi.

Lui van Gal (may 2002 – yanvar 2003)

Van Gal birinchi urunishda “Barselona” bilan ichki birinchiliklardagi barcha sovrinlarni o'ziniki qilib olgan edi. Ikkinchi bor bu tryukni qaytarish uning qo'lidan kelmadi. Vaholanki, Lui Kataloniyani tark etgach, “Barselona” 2 yil davomida birorta sovrinni qo'lga kiritmagan edi. Shu sababli klub Prezidenti Joan Gaspar yana gollandiyalik mutaxassisni ortga qaytarishga qaror qiladi. Katta ehtimol bilan u o'sha qarori uchun hali-hamon o'zini kechira olmasa kerak. Murabbiy klubning transfer siyosati, kadrlar bilan ishlash borasidagi muammolarini tanqid qilishni boshlab yuboradi. Boz ustiga, natijalar ham ichki muhit singari kundan-kunga yomonlashishni boshlaydi. Oqibatda, Van Gal “La Liga”ning 30 ta uchrashuvida bor yo'gi 6 ta g'alaba qozongani bois, iste'foga chiqariladi. U jamoani tark etganida, “Barselona” havfli zonadagi klublardan atigi 3 ochko ko'proq jamg'argan edi xolos.

Xerardo Martino (iyul 2013 – may 2014)

Klub tarixidagi eng tushunarsiz tanlov! Aslida Kataloniya klubi doimo top jamoalarda harakat qilgan, Evropa klublari bilan ishlash tajribasiga ega murabbiylarnijalb etar edi. Xerardo Marino bu kriteriyalarning birortasiga mos tushmasada, jamoa bilan bir mavsum ishlashga muvaffaq bo'lgan. Bunga qadar Messini dunyo futboliga taqdim etgan “Nyuells Old Boyz”dagina faoliyat olib borgan murabbiy bir yumalab o'sha davrdagi dunyoning eng kuchli jamoasida ish boshlagani ko'pchilikda shubha uyg'otadi. Ayrim nashrlar bu tanlov Messining qistovi bilan bo'lganini haqida ma'lumotlar keltirishga urungan bo'lsada, yakunda baribir Martino “Baselona” bilan “uzoqqa bora olmasligi” ma'lum bo'lib qoldi. Kataloniya klubi o'zinign barcha zamonalardagi eng kuchli futbolchilari bilan ham omadsiz mavsum o'tkazishinibarcha Martinoning tajribasizligiga yo'ydi. Hatto buni argentinalik mutaxassisning o'zi ham tan olgan.

“Agar “Barsa” o'z uslubiga sodiq qolgan holda to'p surib sovrin yutmaganida, hech kim ularni tanqid qilmagan bo'lar edi. Biz esa, klub futbol falsafasida uzoqlashdik va birorta sovrin yutmadik. Bu chinakam omadsiz mavsum”

BestMaster
13 Iyun 2020, 05:30
“barselona”, tarixidagi, yomon, natija, qayd, etgan, murabbiy, kim?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads