Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Terma jamoa uchun hech narsa yutmagan futbolchilar (Ramziy jamoa)

Stadion.uz klublar miqiyosidagi katta sovrinlarni qo'lga kiritganiga qaramay, terma jamoasi bilan “hech narsa yutmagan” top darajadagi futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoa bilan tanishtirib o'tadi

.
- Yuklab olish

Stadion.uz klublar miqiyosidagi katta sovrinlarni qo'lga kiritganiga qaramay, terma jamoasi bilan “hech narsa yutmagan” top darajadagi futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoa bilan tanishtirib o'tadi.

Darvozabon: Edvin Van Der Sar

20 asrning eng kuchli kipperlari Yashin, Benks, Mayer, Dzofflar katta musobaqalarda g'olib chiqishni uddalay olgan. Hatto Oliver Kan ham 1996-yilda bo'lib Evroda  chempionlikni(2-darvozabon sifatida) qo'lga kiritgan. Buffon va Noyer JChda g'olib chiqishni ham uddalagan. Iker haqida-ku gapirmasa ham bo'ladi. Afsuski, Edvin ulardan qolishmaydigan iqtidor egasi bo'lsada, birorta katta sovrinni Gollandiya tarkibida boshi uzra ko'ta olmadi. Vaholanki, uning hisobida 130 ta o'yin ( terma jamoa safida) mavjud.

Himoyachilar: Xaver Zanetti

Zanetti “Inter”ning tirik afsonasi sanaladi. U klublar darajasidagi barcha sovrinni boshi uzra ko'tarishga muvaffaq bo'lgan bo'lsada, Argentina uchun hech  qanday sovrin yutgani yo'q. Afsuski, u naqd 4 ta musobaqaning finalida mag'lub bo'lgancha, terma jamoalar darajasidagi musobaqalarni kumush medallar bilan yakunladi.

Fernando Yerro

Yerro “Real” safida fantastik mavsumlarni o'tkazgan futbolchi. Naqd besh bor ichki chempionatda g'olib chiqqan Yerroda xatto EChLning ham oltin medallari mavjud. Qahramonimiz markazdan himoyaga surulganida ham Ispaniya termasi safida to'p tepdi, biroq u futbolni tark etishi bilan Ispaniya uchun oltin davr boshlandi. Nima ham derdik, unga sovrin yutish (terma jamoa bilan) nasib etmagan ekan…

Paolo Maldini

Maldininig hisobida JChning kumush va bronzo medallari mavjud. Achinarlisi shundaki, 2006-yilda Maldini JCh g'olibiga aylanish imkoniyatini qo'lidan chiqarib yuborgan. E'tiborlisi shundaki, Marchello Lippi uni termaga taklif qilgan, biroq Paolo musobaqada ishtirok etishdan bosh tortadi. Endilikda, bu sovrin uning uchun chinakam armon bo'lib qoldi.

Rud Krul

EChLdagi 3 ta oltin medal va bir nechta chempionliklarga qaramay, gollandiyalik futbolchi terma jamoa bilan hech qanday yutuqqa erishgani yo'q. Naqd 4 bor “oltin to'p” uchun da'vogarlik qilgan Krul total futbolning eng yorqin namoyondalaridan biri bo'lishiga qaramay, faoliyatini katta sovrinlarsiz yakunlashdan boshqa chora topa olmadi.

Yarim himoyachilar. Mikael Laudrup

“Barselona” va “Real”da birdek kuchli va samarali harakat qilgan Mikael klublar miqiyosida barcha sovrinlarni boshi uzara ko'tarishga muvaffaq bo'lgan. O'zining dribblinglari bilan millionlab muxlislar qalbidan joy olgan daniyalik futbolchi 1992-yildagi Evropa chempionligini qo'lga kiritishi mumkin edi, biroq terma ustozi bilan janjallashib qolgani bois turnirdan (chempionlikdan ham)mosuvo bo'ladi.

Luish Figu

Figu ham daniyalik futbolchi singari ikkita dushman klublar safida birdek kuchli o'yin namoyish etgan va hatto “oltin to'p”ga ham loyiq ko'rilgan. EChLda zafar quchgan futbolchi 2004-yilda Portugaliya mezbonlik qilgan musobaqada munosib ishtirok etdi. Afsuski, Portugaliya finalda greklarga mag'lub bo'ldi va Figu terma jamoadagi eng buyuk futbolchi nomini qo'ldan chiqarib yubordi.

Yohan Kroyf

Kroyf “Barselona” va “Ayaks” uchun chinakam afsonaga aylangan futbolchi. Gollandiya terma jamoasi haqida esa bunday deb bo'lmaydi. 3 bor “oltin to'p”ni o'ziniki qilgan “uchar golland” mamlakatning bosh jamoasi uchun naf keltirmaganiga ishonish juda mushkul. 1978-yilda bo'lib o'tgan JChda ishtirok etishdan bosh tortgan futbolchi oradan 30 yil o'tib buning sababini ommaga ma'lum qildi. Uning aytishicha, o'sha davrlarda unga va uning oila a'zolariga tahdidlar soni ko'payib ketgan va shu sababli u Gollandiya terma jamoasidagi faoliyatini erta yakunlashga majbur bo'lgan ekan.

Hujumchilar. Roberto Badjo

1994-yilda ijro etilgan omadsiz penalti Badjoning hali-hamon tushlariga kirib chiqayotgan bo'lsa, ajab emas. O'ylashimcha, Roberto haqida ortiqcha ta'rif berishga xojat  yo'q. U 20 asrning eng kuchli shu bilan birgalikda eng omadsiz futbolchisi.

Raul

Raul Ispaniya terma jamoasi uchun eng qiyin pallalarda ( 102 ta uchrashuv – 44 ta gol) katta sahnaga chiqishga muvaffaq bo'lganiga qaramay, yaxshi kunlar kelishi bilan uni chetga surib tashlashdi. Vaholanki, qariya Raul Ispaniyaning “Evro 2008” uchun e'lon qilgan tarkibidan o'rin olishga haqli edi. Mayli to'liq zaxira futbolchisi bo'lsada, u o'z faoliyatini Ispaniya safida erishgan ulkan yutug'i bilan yakunlashi mantiqan chiroyli yakun bo'larmidi?! Afsuski, Aroganes ham, Del Boske ham Raulni shunchaki “unutib yuborishdi”.

Lionel Messi

Uning asosiy raqibi – Ronaldu 2016-yilda Figu Portugaliyada amalga oshira olmagan ishni Frantsiyada uddaladi. Krishdan farqli o'laroq, Messi naqd 4 ta katta finalda to'p tepdi biroq har safar alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Uning futbol olamidagi barcha sovrinlari to'liq “Barselona” bilan bog'liq. Endilikda Messi 32 yoshli “katta” futbolchiga aylanib bo'ldi. Uning oldida uzog'i bilan yana bitta "katta" musobaqa qoldi xolos. Raul singari boshni changallab qolmaslikni istasa,  Argentina safidagi o'zining so'nggi turnirini oltin medal bilan yakunlashi lozim. Aks holda, u Argentinada Maradonadan keyingi o'rindagi futbolchi bo'lib qolaveradi.

BestMaster
13 Iyun 2020, 04:30
terma, jamoa, uchun, hech, narsa, yutmagan, futbolchilar, ramziy, jamoa,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 6
 special  
Mesiiii halim
13 Iyun 2020, 06:42
 special  
Mesiiii halim
13 Iyun 2020, 06:42
 special  
Mesiiii halim
13 Iyun 2020, 06:43
 special  
Mesiiii halim
13 Iyun 2020, 06:43
 special  
Mesiiii halim
13 Iyun 2020, 06:43
 special  
Mesiiii halim
13 Iyun 2020, 06:44
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads