Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kroos: "Boks ringida to'rt raundga ham dosh berolmasam kerak"

"Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kroos "DAZN"ga intervyu berdi.

.
- Yuklab olish

Suhbatning asosiy qismini etiboringizga havola qilamiz.

Kilian Mbappe haqida

"Yosh, mahoratli futbolchi, lekin men klub nimani istashi va qanday harajatlarni amalga oshira olishimizni bilmayman. Madridda o'tkazgan olti yil davomida men shu qadar ko'p mish-mishlarni eshitdimki, lekin amalda OAVda aytilayotgan gaplarning deyarli barchasi yolg'on bo'lib chiqadi".

Mario Getce haqida

"Men anchadan buyon uni maydonda ko'rmadim. Lekin bu menimcha Bundesligani kamroq tomosha qilayotganim sabab bo'lsa kerak. SHu sababli Mario hozirda qaysi klubda o'ynab keta olardi, degan savolga javob berolmayman".

Titullar haqida

"Real" har mavsum hech bo'lmasa bitta sovrin yutishi shart. Aks holda u mavsum avtomatik tarzda omadsizga aylanadi. O'tgan mavsum jamoa uchun omadsiz bo'ldi".

Kroos karantin davrida boks qopi va qo'lqoplarini sotib oldi

"Men sportning boshqa turi bilan ham shug'ullanib ko'rishni istadim. Bu boshqacha jismoniy mashqlar, yangicha tajriba, lekin u katta kuch talab qiladi. To'g'risini aytsam, boks ringida to'rt raund ham chiday olmasam kerak".

"Real"ga nima etishmayapti?

"Xotirjamlik. Bazi uchrashuvlarda bizga aynan shu hislat etishmayotgandek. Biz natija uchun emas, chiroyli o'yin ko'rsatib muxlislarni xursand qilish, o'zimiz ham zavq olish uchun o'ynab, keraksiz joylarda ochko yo'qotdik. Aks holda biz hozir chempionat etakchisi bo'lardik. Albatta, jarohatlar ham o'yinga tasir o'tkazadi. Biz uchun barcha futbolchilar safda bo'lishi muhim. Kim hozirgi vaziyatdan yaxshi chiqa olsa, marra o'shaniki".

BestMaster
12 Iyun 2020, 23:15
kroos, boks, ringida, tort, raundga, dosh, berolmasam, kerak,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads