Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"O'shanda "Real" dunyoning eng yaxshi jamoasi edi" - Mourino Ispaniyadagi faoliyati haqida intervyu berdi

"Marca" nashri "Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinodan intervyu oldi. Unda asosan murabbiyning Ispaniyadagi faoliyati haqida gapirildi.

.
- Yuklab olish

"Real" 8 yil avval "San Mames"da "Atletik"ni 3:0 hisobida mag'lub etilganidan keyin jamoa Ispaniyada 32-chempionligini nishonladi. O'sha mavsumda "Real" ko'plab rekordlarni o'rnatdi: "Madrid" rekord darajadagi ochko (100) va urilgan gollar (121) bilan chempion bo'ldi, shuningdek, jamoa safar o'yinlarida rekord darajada ochko to'pladi (50) va gol urdi (51).

Umuman olganda o'sha davrda madridliklar uchun Ispaniya chempionatidagi titul juda ham muhim edi, chunki ketma-ket 3 mavsumdan buyon "Barselona" gegemoniyasi davom etib kelayotgandi. Ikki takrorlanmas jamoaning afsonaviy dueli, dunyoning eng yaxshi futbolchilari, dunyoning eng yaxshi murabbiylari. Oradan 8 yil o'tib, xarizmatik murabbiy Joze Mourino o'sha mavsum haqida esladi.

- Karantinni Londonda qanday o'tkazyapsiz?- To'g'risini aytganda, umrimda bunchalik ko'p futbol ko'rmaganman. Tahlil qilyapman, boshqa murabbiylarning usullaridan namuna olyapman. Futbolni, dunyoni sog'inyapman, biroq hozirda sabrli bo'lish kerak. Bu muammo barchamizga tegishli, shu boisdan hamma o'zini o'zi himoya qila olishi lozim.

- Mavsumning qayta boshlanishi haqida nima deysiz?- Agarda eson-omon barcha o'yinlarni tugatib olsak, bu nafaqat Premer-liga, balki, futbol uchun ham foydali holat bo'ladi.

- O'yinlar yopiq eshiklar ortida o'tkazilsa hammi?- Futbolni men yopiq eshiklar uchun deb hisoblamayman. SHu sababli ham telekameralar ishlamoqda, ularni millionlab odamlar tomosha qilishadi. Bo'sh stadionda o'ynasak ham, bizni tomosha qilayotganlar bo'lishini his qilib turish kerak.

- "Tottenxem" ham "Covid-19" virusiga qarshi kurashga qo'shildi. Klub o'z stadionini bemorlar va virusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga taqdim qildi. Endi ular o'sha erda davolanishadimi?- Ha, bu ajoyib! Siz o'zingizni har doimgidek tasavvur qilasiz, o'yinoldi suhbatlar, o'yinning o'tishi... keyinchalik kelib ko'rasizki, stadionda juda katta ishlar bo'lmoqda. O'shanda bu juda yaxshi qaror bo'lganini his qilasiz.

- Keling, "Real"dagi faoliyatingiz haqida eslaymiz. 8 yil avval siz LaLiga titulini qo'lga kiritdingiz. O'shanda "Real" ko'plab rekordlarni o'rnatgandi. Siz buni faoliyatingizning eng yuqori nuqtasi deb ayta olasizmi?- Buni asosiy yutug'im bo'lgan deb aytishim qiyin. Biroq ishonamanki, "Barselona" hukmdorlik qilayotgan chempionatda sovringa ega chiqqanimiz juda muhim holat bo'lgan. Rekord darajadagi gollar va ochkolar bilan gegemonlikni tugatganimiz rost. Biz o'shanda nafaqat LaLiga sovrini, balki ko'plab muxlislar ko'nglini ham zabt eta olganmiz, deb o'ylayman.

- Jamoangiz ECHL yarim finalida "Bavariya"ga penaltilar seriyasida yutqazganidan xafa bo'lganingiz aniq.- Ha, shunday. O'sha mavsumda "Real" nafaqat Ispaniyada, balki Evropada ham eng yaxshisi edi. SHu sababli ECHLdan chiqib ketishni qabul qilish qiyin bo'lgan.

- Ispaniyada siz Gvardiola boshqargan tarixdagi eng kuchli "Barselona", Messi, Xavi, Inestaga qarshi chiqqansiz. Nima deb o'ylaysiz, muvaffaqiyatning siri nimada?- Menimcha, biz rejalashtirgan uslubimizni tezda amalda ko'rsata oldik. Buni esa biz asosan futbolchilarimizning imkoniyati va talabiga qarab belgilab olgandik. O'yinlar davomida doimo maydonda iqtidorlilar o'ynashi kerak, menimcha bu eng asosiysi. O'sha mavsumda barchamiz bir maqsad yo'lida birlashdik - chempionlik!

- Yodingizdami, sentyabr oyida og'ir davrlar o'tgandi: "Levante"dan uchralgan mag'lubiyat, keyinchalik "Rasing" bilan durang... Mavsum starti haqida nima deysiz?- Barchasi kuchga bog'liq. To'g'risini aytganda, biz "Valensiya", "Sevilya" maydonlarida, "Kamp-Nou"da yuqori kayfiyat bilan o'ynaymiz. O'sha o'yinlarda jamoa yuqori motivaciyaga ega emasdi. Asosiy raqiblar maydonida esa biz bosim his qilmasdik.

- Nima deb o'ylaysiz, o'sha mavsumdagi jamoani - kamchiliksiz jamoa deb atash mumkinmi?- Menimcha, ha. Jamoaning asl kuchi birdamlikda edi. SHuningdek, yuqori ishtiyoq ham natijalarga ijobiy tasir qilayotgandi.

- "Kamp Nou"dagi Klasikoda jamoa "Barselona"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, nihoyat LaLiga birinchi pog'onasidan mustahkam o'rin oldi. Ushbu o'yin haqida qanday xotiralar qolgan?- Ajoyib hissiyotlar. "Barselona"ga qarshi o'yinda bizni 2 natija qoniqtirardi: g'alaba yoki durang. Uchrashuvga yaxshi tayyorlandik. Futbolchilarimga doimo bir gapni qaytarardim: "Bu o'yinni yutamiz, yuta olamiz". Aslida barcha bosim "Barselona"da edi, ular o'z maydonida, o'z muxlislari qarshisida xatoga yo'l qo'ymasligi kerak bo'lgandi. Mana shunday "o'tish" davrida biz 3 ochkoni olib keta olishimizga ishongandim. Ular hisobni tenglashtirishganda ham ichimda shu gaplar bong urardi. O'shanda hissiyotlar aqlning oldida ojiz qoldi.

- O'shanda siz "Real"ning qarshi hujumga moslangan o'yin uslubini eng yuqori notadagi rok-n-roll bilan tenglashtirgansiz. Bu rostdan ham raqiblar uchun juda qiyin edi. Taktik nuqtai nazardan olib qaraganda bu LaLigadagi g'alabaning asosiy kaliti bo'ldi deb hisoblash to'g'rimi?- Bu gaplarni aytgan kunimni yaxshi eslayman. Bizda boshqalardan ajralib turadigan o'yin uslubi bor edi. Himoyada juda tartibli o'ynagandik, barcha o'z vazifasini yaxshi bilardi. Asosiy rolda tartib va o'yinni tashkillashtirish bo'lardi. Biz bir maqsad yo'lida tezkor yurish qilardik, doimo darvoza oldigacha borardik, to'p uzatishlar esa ajoyib bo'lardi. Qo'l ostimda buyuk futbolchilar o'ynardi - bu esa g'alabaning asosiy kaliti bo'lgan.

- Barcha muxlislar "Real"ning asosiy futbolchisi sifatida Krishtianu Ronalduni bilardi. Siz murabbiy sifatida o'shanda o'yinni kimning atrofida qurganingizni ayta olasizmi?- Menga Krishtianu yoki kimnidir ajratib ko'rsatish yoqmaydi. Jamoaning har bir futbolchisi men uchun muhim, ular oldimga qo'yilgan vazifaning bajarilishidagi asosiy insonlar hisoblanishadi. O'shanda barchamiz g'alabaga erishishni, sovringa ega chiqishni istaganmiz, chunki sovrin "Real" uchun, jamoaning muxlislari uchun juda kerak edi. Xose Kalexon va Esteban Granero haqida ham ajoyib xotiralarim bor, ular jamoaning asosiy qismlari edi. Umuman olganda o'sha "Real" LaLiga chempionlariga xos tarzda o'ynagandi.

- Siz o'zingiz ishlagan barcha davlatda chempionlikni qo'lga kiritgansiz. "CHelsi" bilan 2004/05 yilgi chempionlikka erishganingizga 15 yil bo'ldi. "Portu" bilan omadli mavsumni o'tkazganingizdan keyin APLda ko'rinish bergandingiz. Xo'sh, Ispaniya chempionati siz uchun qanchalik darajada qiyin bo'lgan?- Buni hayotimdagi eng yaxshi xet-trik deb ayta olaman. Portugaliya chempionatidan keyin o'zimni Italiya, Ispaniya va Angliyada sinab ko'rmoqchi bo'lganman. To'g'risini aytganda, futbol tarixiga shu tariqa kirmoqchi bo'lganman. Ammo "Real"ni boshqacha yaxshi ko'raman. CHunki u erda juda katta natijaga erishganman.

- Ko'pchilik muxlislar sizni "himoyaviy murabbiy" deb ataydi. Siz ularga shu paytda kiritilgan 121 gol haqida gapirgingiz keladimi?- Yo'q, shart emas. Tarix yozib bo'lingan, uni yaxshilashning, yomonlashning ham iloji yo'q. Barchamiz birgalikda o'tayotgan tarixning guvohi bo'lib boryapmiz. Ammo asosiysi shundaki, yillar o'tib, kuchdan qolganimda, qarib uyda o'tirganimda nevaralarimga, bolalarimga futbol tarixida nimalar qila olganimni faxrlanib aytib bera olaman.

BestMaster
12 Iyun 2020, 19:30
oshanda, real, dunyoning, yaxshi, jamoasi, mourino, ispaniyadagi, faoliyati, haqida, intervyu, berdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads