Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zamonaviy futboldagi iqtidorlarning “kumirlari” kimlar?

"Runi va Ronaldu doimo men uchun alohida o'ringa ega futbolchilar bo'lishgan. Men ularni kuzatib borishdan sira charchamas edim...

.
- Yuklab olish

Stadion.uz zamonaviy futbol olamidagi eng iqtodorli futbolchilar kimlarni e'tirof etishi bilan qiziqdi.

Meyson Grinvud : Runi, Ronaldo, Van Persi

“Manchester Yunayted”ning bu yigitchadan umidi katta. U esa o'z kumirlari singari  yuqori marralarni ko'zalmoqda.

"Runi va Ronaldu doimo men uchun alohida o'ringa ega futbolchilar bo'lishgan. Men ularni kuzatib borishdan sira charchamas edim. Shunday bo'lsada, men Runi singari buyuk hujumchi bo'lishni istayman. Ueyn maydonda bir vaqtning o'zida bir nechta vazifani bajarishga qodir universal askar edi. Ronaldu, jamoamizda to'p surganiga ancha bo'ldi. Uning o'yinlarini tomosha qilmagan bo'lsamda, dadamdan eshitganlarim bor. Krish butun dunyodagi yosh futbolchilar uchun chinakam na'muna. E'tiborlisi shundaki, mening o'yinlarimini Robin Van Persiga o'xshatishmoqda. Bu quvonarli holat. Umid qilamanki, faoliyatim davomida ushbu hujumchilar darajasigacha chiqa olaman"

Trend Aleksander-Arnold: Jerrard, Lam, Alves

Bugungi kunda sayyoramizning eng kuchli qanot himoyachisi deb e'tirof etilayotgan futbolchi “Liverpul”ning ashadiy muxlisi bo'lganini taxmin qilish mushkul emas. Uning sevikli futbolchisi Stiven Jerrard! Boshqacha bo'lishi ham mumkin emas.

“Men doimo Jerrardning o'yinlaridan zavqlanganman. U “Liverpul”ning chinakam qahramoni va tirik afsonasi. Stivenning futbolchilar orasidagi hurmati juda baland. Uning jamoadagi yosh futbolchilar uchun qayg'urishi unga bo'lgan hurmatimni oshiradi. Kattaroq bo'lishni boshlagach, o'z pozitsiyamda to'p suruvchi futbolchilarni kuzatishni boshladim. O'shanda anglab etdim-ki, qanotdagi eng kuchli himoyachilari Filip Lam va Dani Alves ekan. Katta futbolga kirib kelish oldidan ularga o'xshashga harakat qilar edim"

Erling Holand: Ibrahimovich, Sulsher, Michu

Yosh norvegiyalik futbolchi o'z mintaqasidan etishib chiqqan futbol yulduzlarga havas qilib futbolga kirib kelgan. Shunday bo'lsada, Michuni ham unutgani yo'q.

“Menda havas qilishim mumkin bo'lgan futbolchilar juda ko'p bo'lgan. Men bir nechta ajoyib ijrochilar bilan maydonda to'qnash kelganman. Shunday bo'lsada, Ibrahimovich ulardan tubdan farq qiladi. Uning super yulduzlikka qadar bosib o'tgan yo'li tahsinga sazovor. Boz ustiga u ham Skandinaviyadan! Shuningdek, mening futbolchi sifatida o'sishimda Ole-Gunnar Sulsherning tutgan o'rni ham beqiyos. U o'z davrining eng kuchli futbolchilaridan biri bo'lgan va meni ham shunday bo'lib etishishim uchun yordam bergan. U ajoyib inson va kuchli murabbiy.

Kilian Mbappe : Ronaldu, Zidan, Ronaldo

Yosh futbolchining 13 yoshida Ronalduning fonida tushgan suratlarini tomosha qilgan bo'lsangiz kerak. Oradan 7 yil o'tib, Mbappening o'zi ham Ronaldu singari dunyo darajasidagi yulduz bo'lib etishdi!

“Men ko'plab futbolchilarning o'yinlaridan zavqlanib katta futbolga kirib kelganman. Misol uchun yoshligimda men uchun Zidandan kuchliroq futbolchi yo'q edi.  O'ylashimcha, o'sha davrlarda barcha frantsuz bolalarining orzusi Zidanga o'xshab to'p tepish bo'lgan desam, adashmagan bo'laman. Keyinroq Ronalduning muxlisiga aylandim. Hatto u bilan yuzma-yuz ko'rishish ham nasib etdi. Bugungi kunda Ronaldoning muxlisiga aylanib boryapman. Sababi, uning o'yin manerasi hech kimnikiga o'xshamaydi. Men ham huddi Ronaldo singari futbol tarixida o'z nomimni qoldirmoqchiman.

Jeydon Sancho: Ronaldino, Drogba, Lempard

Londonlik bolakay “tumanli albionda” emas, Bundesligada katta mashhurlikka erishdi. Uning “kumirlari” ham Londondan bo'lsa, ajablanmang!

“Yoshligimda Ronaldinoning maydonda amalga oshirgan shou elimentlarini “You Tube”dan tinmay tomosha qilishni hush ko'rar edim. Keyinroq, “Chelsi” jamoasi muxlisiga aylandim.  Drogba va Lempard singari mega yulduzlarning o'yinlari meni o'ziga shaydo qilishni boshladi. Agar mendan kimning o'yinlaridan zavqlanasan deb so'rasangiz, shu uchta futbolchini aytgan bo'lar edim.

Mattias De Ligt: Pike, Ramos, van Deyk

Himoyachi o'z ampluasidagi eng kuchli futbolchilarni e'tirof etgani tushunarli holat. Gollandiyalik futbolchi ancha avvalroq himoyachi bo'lishni ko'ngligia tuzib qo'ygan bo'lsa kerak.

“ Doimo yaxshi futbolchilarni kuzatib borganman, biroq ulardan 3tasini alohida ko'rsatgan bo'lar edim. Men uchun Serxio Ramos chinakam na'muna. Pike va Virjil ham undan qolishmaydigan iqtidor egalari. Shuningdek bir nechta italiyalik himoyachilarni ham alohida qayd etib o'tish joiz. Barezi, Kannavaro, Maldini va boshqa ko'plab italiyalik himoyachilarning o'yinlarini zavq bilan tomosha qilganman. Aynan italiyalik himoyachilar sababli markazda to'p surishni tanlaganman. Vaholanki, yarim himoyachi bo'lishim ham mumkin edi.

Vinisius: Neymar, Ronaldino

20 yoshli “Real” futbolchisi o'z vatandoshlarini aytishi tabiiy hol. Sababi, Braziliyadagi yosh futbolchilarning barchasi o'z mamlakatidan etishib chiqqan yulduzlarga o'xshashga harakat qiladi.

"Neymar – menning yoshligim va undagi eng shirin xotiralarning egasi! Futbol  maydonida u amalga oshirgan harakatlarni qaytarish uchun ham futbolchi bo'lganman. Bugungi  kunda ham u bilan aloqalarimiz yaxshi. U tinmay menga turli fintlarni amalga oshirgani aks etgan videolarni yuborib turadi va shunday qila olasanmi deb so'raydi. E'tiborlisi u to'p bilan amalga oshirgan mo''jizalarni boshqalar uddalay olmasligi aniq. Shuningdek Ronaldinoning o'yinlarini tomosha qilishni hush ko'raman. Undan o'rganish mumkin bo'lgan elimentlar juda ko'p.

BestMaster
12 Iyun 2020, 03:00
zamonaviy, futboldagi, iqtidorlarning, “kumirlari”, kimlar?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads