Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

La Liga qaytmoqda, chempionlik qaysi jamoaga nasib etadi: «Real» yoki «Barselona»?

Koronavirus tufayli mart oyining ikkinchi yarmida to'xtab qolgan La Liga bahslari 11 iyun, payshanba kunidan restart oladi.

.
- Yuklab olish

Koronavirus tufayli mart oyining ikkinchi yarmida to'xtab qolgan La Liga bahslari 11 iyun, payshanba kunidan restart oladi.

«Sevilya» — «Betis»

Mavsum «Sevilya» va «Betis» o'rtasidagi Sevilya derbisi bilan davom etadi. Chempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun jiddiy kurash olib borayotgan Xulen Lopetegi shogirdlari noqulay bo'lgan raqib bilan kuch sinashadi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs doimo keskin kurash va gollarga boy bo'lishi bilan ajralib turadi. Mazkur to'qnashuvda so'nggi bor 2015 yilda nursiz durang qayd etilgan, shundan keyin har bir bahsda darvozalar ishg'ol qilib kelinadi.

Birinchi davradagi bahsda «Sevilya» safardan uch ochko bilan bilan qaytgandi (2:1). O'zaro o'yinlardagi ustunlik «Sevilya» tomonida — 55 g'alaba, «Betis» esa 34 bor muvaffaqiyatga erishgan.

«Malorka» — «Barselona»

Kike Seten shogirdlari mavsum restartini o'rtamiyona jamoaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Birinchi davrada katalon klubi «Malorka»ga imkon qoldirmagandi (5:2). «Barselona» mazkur turga kelib «Real»ni ikki ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda. Biroq oldinda «ko'k-anorranglilar»ni madridliklarga qaraganda qiyinroq taqvim kutib turibdi. Shu sabab yo'qotilgan har bir ochko chempionlik masalasini xavf ostida qoldirishi mumkin.

O'zaro o'yinlardagi ustunlik tabiiyki «Barselona» tomonida, katalonlar 23 bor g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgan, bor-yo'g'i ettita o'yinda imkoniyatni boy bergan va 5 o'yinda durang qayd etilgan. «Barselona» so'nggi bor «Malorka»ga 2009 yilning may oyida mag'lub bo'lgan. Shundan keyin jamoalar 9 bor to'qnash keldi va ularning sakkiztasida «Barsa» g'alabani tantana qilgan.

«Atletik Bilbao» — «Atletiko»

Yozda o'z tarkibida bir qator o'zgarishlarni amalga oshirgan madridliklar joriy mavsumda barqaror o'yin namoyish qila olmayapti. Diego Simeone shogirdlari 27-turdan so'ng 45 ochko bilan 6-o'ringa joylashgan, biroq ularni 3-pog'onadagi «Sevilya» bilan ikki ochko ajratib turibdi.

Mavsumni yomon boshlamagan bilbaoliklarda qish oylarida juda kuchli pasayish yuzaga keldi. Jamoa dekabr boshidan fevral oxirigacha Primera doirasida faqat bitta o'yinda g'alaba qozondi. Ammo karantindan avvalgi ikkita turda «Atletik» uzoq davom etgan g'alabasiz seriyasi nuqta qo'ya olgandi.

«Real» — «Eybar»

Koronavirus tufayli yuzaga kelgan tanaffus Zinedin Zidan uchun ayni muddao bo'ldi. Sababi mart oyida «Real» bir qator etakchilari, xususan, Eden Azar xizmatidan foydalana ololmayotgan edi. Mart oyi boshida «Barselona»ni mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'lgan «Real» musobaqa jadvalida etakchiga aylanib olgandi, biroq karantin arafasidagi turda «Betis»dan uchralgan mag'lubiyat jamoani ikkinchi o'ringa tushirib yubordi. «Real» «Bernabeu»dagi ta'mirlash ishlari sabab, ushbu o'yinni o'zining zaxira stadioni hisoblangan «Alfredo di Stefano»da o'tkazadi.

Ushbu jamolar jami 13 bor o'zaro to'qnash kelgan. Ularning o'ntasida Madrid klubining qo'li baland kelgan bo'lsa, «Eybar» faqat bir o'yinda zafar quchgan. Qizig'i bu jamoalar ishtirokidagi o'zaro o'yinlarda birorta nursiz o'yin yo'q va har bir o'yinda eng kamida ikkita gol uriladi.

La Liga, 28-tur bahslari

11 iyun, payshanba
«Sevilya» — «Betis» 01:00

12 iyun, juma
«Granada» — «Xetafe» 22:30
«Valensiya» — «Levante» 01:00

13 iyun, shanba
«Espanol» — «Alaves» 17:00
«Selta» — «Vilyarreal» 20:00
«Leganes» — «Valyadolid» 22:30
«Malorka» — «Barselona» 01:00

14 iyun, yakshanba
«Atletik B» — «Atletiko M» 17:00
«Real Madrid» — «Eybar» 22:30
«Real Sosedad» — «Osasuna» 01:00

BestMaster
11 Iyun 2020, 17:00
liga, qaytmoqda, chempionlik, qaysi, jamoaga, nasib, etadi, «real», yoki, «barselona»?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Реал мадрид чемпион булади Худо хохласа
11 Iyun 2020, 20:34
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads