Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Barselona» sobiq prezidenti: «Figu xoin edi. Peres esa qabih ishga qo'l urgan»

«Barselona» sobiq prezidenti Joan Gaspart Luish Figuning mojaroli transferi haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

«Barselona» sobiq prezidenti Joan Gaspart Luish Figuning mojaroli transferi haqida gapirdi.

«Figu xoin edi. Men «Barselona« prezidenti etib saylangan kechada Figu menga qo'ng'iroq qilib, unda ikki yo'l borligini aytdi — biri Madridga ketish, ikkinchisi «Barselona»da qolish.

Uning so'zlariga ko'ra, agenti «Real» bilan shartnoma imzolab qo'ygan. Agar Figu unga imzo chekmasa, taxminan, 3 million evro to'lashiga to'g'ri kelardi. Figu agentini noqulay ahvolga solib qo'yish niyati yo'qligini aytdi, ammo agar «Barselona» shu pulni to'lab bersa, qolishi mumkinligini aytdi.

Men unga pullarni to'lashimizni aytdim. Figu esa bank kafolat hujjatini olishimni so'radi, biroq tun edi va men buni qila olmadim. Men unga barcha majburiyatlarni o'z zimmamizga olishimiz haqida kafolat berdim, ammo u «Real»ga o'tib ketdi. Bu mening yaqin do'stim – Florentino Peresning jirkanch va makkorona ishi edi», — deydi Joan Gaspart.

Eslatib o'tamiz, Figu 2000 yilda «Barselona»dan «Real»ga o'tgan. U «Real» safida 2000—2005 yillarda to'p surgan, umumiy hisobda 239 ta o'yin o'tkazib, 57 ta gol urgan. U futbolchilik faoliyatini 2009 yilda «Inter»da yakunlaydi.

BestMaster
9 Iyun 2020, 19:00
«barselona», sobiq, prezidenti, «figu, xoin, peres, qabih, ishga, urgan»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads