Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

G'alati o'xshashliklar (Foto)

.
- Yuklab olish

Taniqli Sports.ru nashri blogeri futbol yulduzlarining soch turmaklari borasida kulguli rasmlarni e'lon qildi. E'tiborlisi shundaki, qahramonimiz hazil ma'noasida taqdim etilgan suratlar tagida kichik izoh qoldirishni ham unutmadi.

 

Luka Modrich

 

Xorvatiyalik katta futbolga kirib kelganidan beri juda ko'p narsalarni o'zgartirishga muvaffaq bo'ldi. Yangi uylar, mashinalar, hashamatli villalar… Shunday bo'lsada, uning uzun sochlari o'zgarishsiz qolmoqda.

 

Zlatan Ibrahimovich

 

Zlatan hech qachon o'zining burnidan hijolat bo'lmagan. Aksincha, bu uning “tashrif qog'ozi” ekanligini aytib barchani kuldirishga urunadi. Shunday bo'lsada, Ibra Parijga ko'chib borgach, plastik jarrohlik stoliga yotishga qaror qildi. Balki bu suratga uning ham ko'zi tushgach shu qarorga kelgandir? Yana kim biladi deysiz?!

 

Ronaldu

 

To'g'ri, Krishning soch turmagi bugungi kunda tamomila o'zgacha. Shunday bo'lsada, bu o'xshashlikni shunday o'tkazib yubormaslikka qaror qildik.

 

Neymar Junior

 

Neymarning Ronaldudan nima kam joyi bor?

 

David De Xea

 

Ispaniyalik darvozabonni turli hayvonlar bilan qiyoslangan suratlari ijtimoiy tarmoqlarda to'lib yotibdi. Shunday bo'lsada, biz aynan shunisi tanladik. Siz ham ikkita fotoni ham bir suratchi tarixga muxrlagan deb o'yladingizmi?

 

Luis Suares

 

Ayni damda sayyoramizdagi eng antemuxlisi ko'p futbolchilardan biri. Luisni Urugvay va Kataloniyadan boshqa joylarda ham hurmat qilishadi deb bo'lmaydi. Shu sababli, urugvaylik futbolchi bilan kulguli suratlarga bir necha bor ko'zingiz tushgan bo'lsa, ajab emas.

 

Mesut O'zil

 

Germaniyalik yarim himoyachi maydonni ko'rish borasida tengsiz futbolchi. Buning uchun u o'z ko'zlaridan minaddor bo'lishi lozim.

 

Garet Beyl

 

Nima uchun Beyl Madridga ko'chib o'tishi bilan soch turmagini almashtirganini anglab etdingizmi?

BestMaster
8 Iyun 2020, 11:00
galati, oxshashliklar, foto,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads