Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»da Kroos-Modrich juftligini parchalagan «mitti qushcha» haqida

2019/20 yilgi mavsum Federiko Valverde uchun unutilmas bo'ladi.

.
- Yuklab olish

2019/20 yilgi mavsum Federiko Valverde uchun unutilmas bo'ladi. Ispaniyaga kelganiga to'rt yil bo'lgan «mitti qushcha» nihoyat dunyoning eng raqobatbardosh jamoalaridan birida o'z o'rniga ega bo'ldi.

Zayniddin Zidan avvalgi kasbdoshlari Xulen Lopetegi va Santyago Solaridan farqli o'laroq, 21 yoshli futbolchiga imkoniyat taqdim etdi. O'z navbatida Fede ham frantsiyalik mutaxassis qo'l ostida muvaffaqiyatli harakat qila oldi. Lopetegi davrida futbolchi bor yo'g'i 36 daqiqa o'ynadi, Solari esa uni 17 o'yinda maydonga tushirgan bo'lsa-da, ularning beshtasigina asosiy tarkibda bo'lgandi.

2019 yilning yozida «Manchester Yunayted» etakchisi Pol Pogbaning «Real» o'tishi borasida yangiliklar har bir OAVning asosiy mavzusiga aylangandi. Oxir-oqibat Madrid klubi inglizlar bilan kelisha olmadi va Pogba mavzusini kamida yanvargacha qoldirishga majbur bo'ldi. Biroq mavsum boshlanishi bilan Zidan vatandoshining o'rinini bosa oladigan vunderkindni o'zi uchun kashf qildi. Federiko Valverde 2017/18 yilgi mavsumni «Deportivo» safida ijarada o'tkazgan va o'sha erdayoq o'zini namoyish qila olgandi. 2018/19 yilgi mavsumda urugvaylik iqtidor egasi ozmi, ko'pmi «Real» o'yinlarida ko'rinish berdi. Ayniqsa mavsum oxiriga borib o'z o'yiniga qo'sha oldi.

Ammo futbolchining joriy mavsumdagi «chaqnash»i shunchalar ajoyib bo'ldiki, endilikda Fede La Ligada navbatdagi muvaffaqiyatni qo'lga kiritishga intilayotgan «Real»ning asosiy quroli hisoblangan chiziqning muhim figurasi hisoblanadi.

«Real» ushbu mavsumdagi ilk sovrinini qo'lga kiritgan bahsda Valverde «qaymoqranglilar»ning ajralmas bo'lagi ekanini ko'rsatdi. Ispaniya Superkubogi uchun kechgan o'yinda Fede qo'shimcha bo'limlarning so'nggi daqiqalarida darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgan Alvaro Moratani to'xtatib qoldi va jamoasiga sovrinni olib keldi. Mazkur o'yinda urugvaylik 15 marta dribling ishlatishga urindi va ularning o'ntasini muvaffaqiyatli bajarib, bu borada uchrashuvda eng yaxshi natija qayd etgan futbolchiga aylandi.

Valverde — ajoyib futbolchi. Uning Morataga nisbatan ishlatgan qo'polligi «mitti qushcha»da haqiqiy urugvaycha ruh borligi isbotladi: taslim bo'lmaslik, g'alaba uchun barchasiga tayyor bo'lish.

Federiko mavsum davomida ham muxlislar va mutaxassislarni ajablantirishda davom etdi. Kazemiro, Toni Kroos va Luka Modrich kabi «nahanglar» harakat qiladigan chiziqning almashtirib bo'lmas vakiliga aylandi. U shunchalik ishonchli futbolchiga aylandi-ki, 2014 yildan buyon Madrid klubi markaziy himoya chizig'ining ajralmas juftligi bo'lib kelayotgan Kroos—Modrich duetini parchalashga muvaffaq bo'ldi.

21 yoshli Valverde Primeraning ortda qolgan 27 turi davomida, faqat beshta o'yinda ishtirok etmadi. Bular ham muhim uchrashuvlar oldidan rotatsiyadan qo'rqmaydigan Zidanning qarorlari evaziga, o'rtamiyona jamoalarga qarshi bahslar edi.

La Liga restartiga tobora yaqin qolmoqda. «Real» karantindan keyingi ilk o'yini o'z uyida, 14 iyun kuni «Eybar»ga qarshi o'tkazadi. Hammasi ayon, madridliklar peshqadam «Barselona» bilan oradagi ikki ochkolik farqni yo'qqa chiqarish uchun o'ziga bo'lgan katta ishonch bilan mavsumning qayta boshlanishini kutmoqda.

Qizig'i, Valverde asosiy tarkibda maydonga tushgan bahslarda «Real» joriy mavsum faqat bir o'yinda yutqazdi — bu Evropa Chempionlar Ligasi 1/16 finali doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi kechgan ilk bahs (1:2).

Keyingi bir necha hafta Valverde uchun ham juda muhim. Bu urugvaylik futbolchi uchun elitadagi ilk katta mavsumning ideal yakuniga aylanadi. «Mitti qushcha»ning La Liga g'olibligini qo'lga kiritishi esa buyuk «Real»dagi ulkan parvozning mukammal boshlanishi bo'ladi.

Marca materiali asosida Nodirxon Hamidxonov tayyorladi.

BestMaster
6 Iyun 2020, 12:30
«real»da, kroos-modrich, juftligini, parchalagan, «mitti, qushcha», haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Ха валверде реалди булажак юлдузи
6 Iyun 2020, 12:53
 2xbet  
kross bilan modrich kerak realga tarihni eslang kross va modrich kanaka oyinchilar edi
6 Iyun 2020, 20:44
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads