Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Modrich o'z asarida Mourino va Ronaldu o'rtasidagi mojaro haqida yozdi

«Real» yarim himoyachisi Luka Modrich o'zining «Mening o'yinim» nomli avtobiografiyasida hujumchi Krishtianu Ronaldu va murabbiy Joze Mourino o'rtasida yuz bergan mojaro haqida yozdi.

.
- Yuklab olish

«Real» yarim himoyachisi Luka Modrich o'zining «Mening o'yinim» nomli avtobiografiyasida hujumchi Krishtianu Ronaldu va murabbiy Joze Mourino o'rtasida yuz bergan mojaro haqida yozdi.

«Mourinoning reaktsiyasi meni hayron qoldirdi. Biz Ispaniya kubogida 2:0 hisobida g'alaba qozondik. Raqib to'pni yon chiziqdan tashlab bergan paytda Krishtianu o'yinchini ushlamadi. Joze esa Ronalduga jahl qildi. Ular maydonda uzoq vaqt tortishishdi.

Tanaffusda kiyinish xonasiga qaytganimizda Ronalduning hafsalasi pir bo'lganini ko'rdim, u yig'lamsirab turgandi. Krishtianu: «Bor kuchim bilan harakat qilganimga qaramay, u hamon meni tanqid qilmoqda», degan edi.

Mourino esa xonaga kirdi va portugaliyalik futbolchini tanqid qila boshladi. Mojaro kattalashib bordi. Faqat oraga o'yinchilar aralashishi oqibatida uning janjalga aylanib ketishining oldi olindi», – deya yozdi Modrich o'z kitobida.

Ronaldu Mourino boshqaruvi paytida «Real» safida 106ta o'yinda maydonga tushib, 120ta gol urgan.

BestMaster
6 Iyun 2020, 06:00
modrich, asarida, mourino, ronaldu, ortasidagi, mojaro, haqida, yozdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Булиб туради
6 Iyun 2020, 06:54
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads