Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

PSJ Holand transferidan voz kechdi. «Real» Erling uchun asosiy da'vogarga aylandi

PSJ klubi «Borussiya D» hujumchisi Erling Holand transferidan voz kechdi, deya xabar qilmoqda FourFourTwo.

.
- Yuklab olish

PSJ klubi «Borussiya D» hujumchisi Erling Holand transferidan voz kechdi, deya xabar qilmoqda FourFourTwo.

Ta'kidlanishicha, avvalroq parijliklar klubi norvegiyalik hujumchi uchun da'vogarlar qatorida turgandi, biroq klub o'z qarorini o'zgartirgan va boshqa variantlarga e'tibor qaratishni ma'qul topgan. Endilikda Holand uchun asosiy da'vogar «Real» bo'lib qolmoqda.

Avvalroq dortmundliklar hujumchini 2022 yilga qadar qo'yib yubormasligi xabar qilingandi.

Erling 2020 yilning yanvarida «Zaltsburg»dan «Borussiya» safiga kelib qo'shilgandi. Nemis klubi transfer uchun 20 million evro sarflagan. Joriy mavsum 19 yoshli futbolchi Bundesligada 9 o'yin o'tkazib, 10 ta gol va ikkita samarali uzatma muallifiga aylandi.

Futbolchining «Borussiya» bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar amal qiladi. 2021 yilning yanvaridan shartnomada futbolchini 75 million evro tovon puli evaziga sotib olish mumkinligi haqidagi band faollashadi.

BestMaster
3 Iyun 2020, 11:30
holand, transferidan, kechdi, «real», erling, uchun, asosiy, davogarga, aylandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads