Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real» mavsumning qolgan uchrashuvlarini o'z stadionida o'ynamaydimi?

Madridning "Real" klubi muxlislarsiz ham uy uchrashuvlarini mavsumning oxirigacha «Santyago Bernabeu»da o'ynamaydi.

.
- Yuklab olish

Madridning "Real" klubi muxlislarsiz ham uy uchrashuvlarini mavsumning oxirigacha «Santyago Bernabeu»da o'ynamaydi.

Koronavirus pandemiyasi davrida yuzaga kelgan moliyaviy inqiroz tufayli «Real» klubi keyingi mavsumgacha «Santyago Bernabeu»da o'ynamaslikka qaror qildi. La Liganing joriy mavsumdagi qolgan o'yinlari "Real" klubining yoshlari o'ynaydigan «Alfredo di Stefano» stadionida bo'lib o'tadi.

«Alfredo di Stefano» stadoni o'z bag'riga 6000 muxlisni sig'diradi. "Real" ushbu stadionda qo'shimcha reklama bannerlari, yoritgichlar, shuningdek, videotakror uskunalarini o'rnatish uchun sharoitlarni yaxshilamoqchi.

«Biz «Alfredo Di Stefano» nomli stadionga ko'chib o'tishga qaror qildik. Bu bizga mablag'ni tejashga va «Bernabeu»ni tezroq ta'mirlashga zamin yaratadi», — dedi «Real» klubi prezidenti Florentino Peres.

BestMaster
2 Iyun 2020, 10:00
«real», mavsumning, qolgan, uchrashuvlarini, stadionida, oynamaydimi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads