Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Sancho! U Messi, Ronaldu, Suares va Azarning natijasini takrorladi

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho Bundesliganing 29-turi doirasida bo'lib o'tgan «Paderborn»ga qarshi uchrashuvning (6:1) asosiy qahramoniga aylandi.

.
- Yuklab olish

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho Bundesliganing 29-turi doirasida bo'lib o'tgan «Paderborn»ga qarshi uchrashuvning (6:1) asosiy qahramoniga aylandi. 20 yoshli angliyalik futbolchi mazkur bahsda xet-trikka erishdi.

Bundesliga doirasida Sancho hisobidagi gollar soni 17taga, uzatmalar esa 16taga etdi. "Squawka" tarqatgan xabarga ko'ra, Jeydon 2006/07 yilgi mavsumdan beri Evropaning top-5 chempionatlarida bir mavsumda 15dan ortiq gol urgan va 15tadan ortiq uzatma bergan beshinchi futbolchiga aylandi. Bungacha Lionel Messi (4 marta), Eden Azar (2 marta), Krishtianu Ronaldu va Luis Suares shunday natijani qayd etishgan edi.

Sancho ushbu mavsumda «Borussiya» safida barcha musobaqalar doirasida 39ta o'yinda 20ta gol urdi va 19ta golga uzatma berdi. Uning dortmundliklar bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.

Messining natijalari:
2010/2011 — 31 gol + 18 assist
2011/2012 — 50 gol + 16 assist
2014/2015 — 43 gol + 18 assist
2015/2016 — 26 gol + 16 assist

Azarning natijalari:
2011/2012 — 20 gol + 16 assist ("Lill")
2018/2019 — 16 gol + 15 assist ("Chelsi")

Ronalduning natijasi:
2014/2015 — 48 gol + 16 assist ("Real")

Suaresning natijasi:
2015/2016 — 40 gol + 16 assist

BestMaster
1 Iyun 2020, 11:00
sancho!, messi, ronaldu, suares, azarning, natijasini, takrorladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads