Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

“Oltin to'p”ni eng yosh qo'lga kiritgan futbolchi kim? (Top 5)

.
- Yuklab olish

Stadion.uz futbolchilar o'rtasidagi eng nufuzli sovrin – “oltin to'p”ni boshqalardan ertaroqqo'lga kiritgan futbolchilar bilan tanishtirib o'tadi.

5-o'rin. Oleg Bloxin 23 yosh (1 oy 25 kun)

 

Ukraina futbolining tirik afsonasi va Sobiq Ittifoq futbolining super yulduzi Oleg Bloxin 23 yoshidayoq “oltin to'p”ni qo'lga kiritganidan xabaringiz bormi?

“Dinamo Kiev” jamoasi hujumchisi uchun 1975 yil juda omadli keladi. Avvaliga Ittifoq chempionligi qo'lga kiritilgan bo'lsa, oradan 3 oy o'tib kievliklar UEFA super kubogida “Bavariya”ni ikki uchrashuv natijasiga ko'ra 3:0 hisobida mag'lub etib Evropaning mutloq tengsiz klubiga aylanadi. E'tiborlisi shundaki, o'sha final uchrashuvidagi 3 ta golni ham Oleg Bloxin o'z hisobiga yozib qo'yadi. Yil so'ngida ukrainalik futbolchi “oltin to'p”ga loyiq ko'riladi.

Unga qadar Ittifoqdan faqat Lev Yashingina bu sovringa loyiq topilgan edi.

4-o'rin. Jorj Best 22 yosh (7 oy 2 kun)

 

“Manchester Yunayted” afsonasi Jorj Best ham o'z vaqtida dunyoning eng kuchli futbolchisi deb e'tirof etilgan. 1968 yil Best o'z faoliyatidagi birinchi va so'nggi katta sovrinni qo'lga kiritadi.

Tan olish lozim, Jorj uchun 1968-yil chinakamiga omadli kelgan edi. Yarim himoyachi bo'lishiga qaramay 32 ta gol kiritgan futbolchi “qizil iblislar”ning Evropa chempionlar kubogini qo'lga kiritishida katta ko'mak beradi.

Achinarlisi shundaki, “oltin to'p”ni qo'lga kiritgach, Jorj o'z ustida ishlashdan to'xtab qoldi va uning karerasi pastga qulashni boshladi. Qahramonimiz 1968-yil o'z faoliyatining cho'qqisiga chiqqan bo'lsada 1984-yildaginafaoliyatiniyakunladi. Best o'zining so'nggi mavsumlarida yiliga 3 ta jamoa o'zgartirgan bo'lsada, so'nggi golini 1981-yil kiritgan.

Lionel Messi 22 yosh (5 oy 7 kun)


 

Leo o'zining birinchi “oltin to'p”ini qo'lga kiritganiga ham 16 yil bo'ldi. Futbolchi 2009-yilda tengsiz deb topilganida, hech kim Leo yana 5 bor ushbu sovringa ega chiqishini tahmin ham qilmgan bo'lsa kerak.

2009-yilda Messi“Barselona” bilan 4 ta musobaqada g'olib chiqadi. Ayniqsa, EChL finalidagi Leoning o'yini barchani hayratda qoldirdi. O'sha uchrashuv butun futbol olamiga“Messimania”ning debochasi vazifasini o'tab berdi.

Shu o'rinda qiziq fakt. Shu kunga qadar birorta klub “Barselona” 2009-yilda amalga oshirgan ishni ( bir yil davomida 6 ta sovrin) qaytara olmadi.

Maykl Ouen 22 yosh ( 4 kun)

 

21 asrning ilk yillarida Maykl to'xtatib bo'lmas gol mashinasiga aylangani ko'pchilikning yodidan ko'tarilmagan bo'lsa kerak. Ouen 2001-yilda ilk bor bu sovringa ega chiqqanida, ko'pchilik ingliz futbolchisining bu oxirgi katta yutug'ibo'lishini taxmin ham qilmagan bo'lsa kerak...

Aslida Ouen 1998-yilda ham “oltin to'p” uchun kurash olib borgan biroq, yakunda Ronaldo, Zidan va Davor Shukerlarga imkoniyatni boy beradi.

Ronaldo 21 yosh ( 3 oy 5 kun)

 

Shu kunga qadar Ronaldo “oltin to'p”ni 21 yoshda qo'lga kiritgan yagona futbolchi bo'lib turibdi. Undan avval ham, keyin ham bu tryukni hech kim qaytara olmadi.

Tan olish lozim, 1997-yilda so'yloq “daxshatli” mavsumni o'tkazgan edi. “Barselona” safida 49 ta o'yinda maydonga tushgan hujumchi 47 bor raqib darvozalarini ishg'ol qiladi va jamoasi Ispaniya Super kubogi va Kubok egalari kubogida zafar quchishiga turtki bo'ladi.

Eng muhimi, o'sha mavsumdan so'ng, butun dunyo yangi super yulduzning paydo bo'layotganidan xabar topadi. To'g'ri, “so'yloq” keyinchalik jarohatlar sababli o'z tezligini yo'qotib qo'yadi, biroq bu 2002-yilda unga yana bir bor “oltin to'p”ni qo'lga kiritishiga to'sqinlik qilmaydi.

BestMaster
29 May 2020, 22:00
“oltin, top”ni, yosh, qolga, kiritgan, futbolchi, kim?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Ажойб
30 May 2020, 13:25
shoxcr7real
 shoxcr7real  
Babr Realcchila birinchidade
30 May 2020, 16:21
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads