Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan: Ronaldu hozir ta'tilda, u "Real"da qoladi

"Qaymoqrang"lilar bosh murabbiyi Zinedin Zidan Real Madrid TV telekanali xodimlariga intervyu berib o'tdi.

Mbappe haqida:

"Mbappe - juda yaxshi futbolchi, u yildan-yilga buni isbotlamoqda, ammo u mening futbolchim emas va bu haqida boshqa hech narsa deyishni xohlamayman."

Morata haqida:

"Biz Alvaroga omad tilaymiz, ammo "Madrid" bilan o'yinda emas. Bu yer uning uyi, u bu yerda hayotini ko'p qismini o'tkazdi. Qarorni u qabul qildi va boshqa klubga o'tib ketdi."

Ronaldu haqida:

"Krishtianu hozir ta'tilda, u bunga loyiq, biz uni kutamiz. Ronaldu "Real"da qoladi."

Raqobat haqida:

"Jamoada har bir futbolchi muhim ahamiyat kasb etadi va qiyin vaziyatlarda yordam berishga tayyor. Bu jamoaning yutug'i. Kimgadir 50 ta kimgadir 60 ta o'yin amaliyot berish qiyin, chunki hammani rozi qilish murakkab. Men futbolchilarga ishonishimni aytdim va ularning har biriga vaqti bilan imkoniyat berishimni aytdim."

"Barselona"ga qarshi o'rtoqlik o'yin haqida:

"Bu uchrashuv - o'rtoqlik o'yini, umid qilamanki uchrashuv ajoyib tarzda o'tadi."

 

BestMaster
21 Iyul 2017, 15:10
zidan, ronaldu, hozir, tatilda, realda, qoladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 RXN  
Ronaldo Realda qaliwi kerek sebebi realg'a Ronaldo kerek
21 Iyul 2017, 16:47
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads