Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChLdagi eng yaxshi to'purar kim? (Top 10)

Bu ko'rsatgich uzoq vaqt davomida Raulni Evropadagi tengsiz futbolchi ekanligini isbotlab turdi, biroq yangi (“Messi vs Ronaldu”) davr(i) boshlanishi bilan Raulni ko'pchilik unutib ham yubordi.

.
- Yuklab olish

Stadion.uz klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqada barchadan ko'proq gol kiritgan futbolchilar o'nligi bilan qisqacha tanishtirib o'tadi.

10-o'rin. Zlatan Ibrahimovich 48 ta gol

Ushbu musobaqada zafar quchmagan eng mashxur futbolchi kuchli o'nlikni ochib beradi. O'z faoliyati davomida “Inter”, “Milan”, “Manchester Yunayted”, “Yuventus”, “Barselona”, PSJ va “Ayaks” singari grandlar sharafini himoya qilganiga qaramay, Ibra bu sovrinni qo'lga kiritmadi. Shunday bo'lsada, shved 48 ta gol kiritib o'zining nimalarga qodir ekanligini yana bir bor barchaga namoyish etib qo'ydi.

9-o'rin. Andrey Shevchenko 48 ta gol

 

Ukrainalik futbolchi o'zining EChLdagi ilk golini 17 yoshida kiritganidan xabaringiz bormi? Sheva oradan ikki yil o'tib “Barselona” darvozasini uch bor ishg'ol qiladi va mavsum so'nggida Evropa Chempionlar Ligasiningto'purariga aylanadi. Umuiy hisobda Andrey 48 bor klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqada gol kiritgan bo'lib, u assistlar soni bo'yicha Zlatanni ortda qoldirmoqda.

8-o'rin. Alfredo Di Stefano 49 ta gol

 

Ronalduga qadar “Real”ning barcha rekordlarini o'ziniki qilib turgan afsonaviy hujumchini barcha yaxshi taniydi.

Qahramonimiz 20 asrdayoq bu musobaqada g'alaba qozonganlardan. Bundan tashqari, Di Stefano Evropa Chempionlar kubogini (O'sha davrdagi EChL) naqd besh bor boshi uzra ko'targan ilk futbolchi sanaladi. Sovrinlar soni ko'p bo'lishiga qaramay, Alfredo musobaqa 49 ta gol kiritgan xolos. Shunga qaramay, bu natija uning buyukligiga sira soya solmadi.

7-o'rin. Tieri Anri 50 ta gol

 

Anri o'zining ilk katta turniridayoqbarchaning e'tiborini qozongan desak, adashmagan bo'lamiz. “Monako” safida 9 ta o'yinda maydonga tushgan frantsuz 7 bor jamoasi muxlislarini xursand qilishni uddlagan. Anri faoliyati davomida yana ikki bor EChLda 7 tadan gol kiritganiga qaramay, hech qachon turnirningto'purari bo'lmagan.

6-o'rin. Rud Van Nistelroy 56 ta gol

E'tiborlisi shundaki, gollandiyalik futbolchi Evropa Chempionlar Ligasidaning9 ta mavsumida ishtirok etgan bo'lsada, 56 ta golni o'z hisobiga yozib qo'yishga muvaffaq bo'lgan. Chinakam gol mashinasi!“Manchester Yunayted”, “Real” singari top jamoalarda harakat qilgan bo'lsada, u barcha kutganidek futbol olamining qiroli bo'la olmadi. Ayni damda barcha muxlislar uni to'purar hujumchi sifatida eslashadi xolos. Aslida, uning faoliyati boshida mutaxassislar Ruddan ko'prog'ini kutishgan edi…

5-o'rin. Karim Benzema 64 ta gol

 

Karim ham Evropa Chempionlar Ligasida erta debyut golini kiritganlardan biri sanaladi. 18 yoshidayoq “Lion” tarkibida barchaning e'tiboriga tushgan hujumchi o'zi uchun jamoa tanlashda adashmadi. U zamonaviy futboldagi eng nomdor va stabil forvordlar qatorida tilga olinadi.

4-o'rin. Robert Levandoski

 

Polshalik hujumchining hisobida ham 64 ta gol mavjud. Shunga qaramay, u Karimga nisbatan 34 ta kam (musobaqada) o'yin o'tkazgan.

Hozircha to'xtatilgan EChL musobaqasida Robert 11 bor raqib darvozabonlarini “xafa” qilgancha to'purarlik qilmoqda. Agar UEFA musobaqani yakunlab qo'ysa, Robert kamida Evropa Chempionlar Ligasiningeng yaxshi to'purar bo'lishi mumkin.

3-o'rin. Raul 71 ta gol

 

Ispaniyalik afsona 23 yoshga qadam qo'yganida, uning shaxsiy muzeyida ikkita “shalpagquloq” mavjud edi. Oradan ikki yil o'tib, Raul EChLda kiritilgan gollar soni bo'yicha Alferedo Di Stefanoni quvib o'tdi va klub tarixidagi eng yaxshi hujumchiga aylanib oldi. Bu ko'rsatgich uzoq vaqt davomida Raulni Evropadagi tengsiz futbolchi ekanligini isbotlab turdi, biroq yangi (“MessivsRonaldu”)davr(i)boshlanishi bilan Raulni ko'pchilik unutib ham yubordi.

2-o'rin. Messi 114 ta gol

 

Argentinalik futbolchi 2008-2012-yillar oralig'ida musobaqaning eng yaxshi to'purari uchun beriladigan sovrinni hech kimga bermadi. Shu yillar ichida kiritilgan 43 ta gol unga 4 ta “oltin to'p”ni qo'lga kiritishida ko'mak berdi desak, adashmagan bo'lamiz.

EChLning o'tgan mavsumida ham Messi 12 ta gol bilan to'purarlik namoyish etdi. Vaholanki, “Barselona” musobaqa finaligahametib borgani yo'q.

1-o'rin. Krishtiyau Ronaldu 128 ta gol

 

Ronaldu Evropa Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi futbolchi sanaladi.Portugaliyalikka bir yo'la bir nechta rekordlar tegishli bo'lib, yaqin 10 yil ichida uni hech kim qayta o'rnata olmasa kerak.

Krish 2012/13-yilgi EChL mavsumida umumiy hisobda naqd 17 bor raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lib, bu turnir tarixidagi mutloq rekord sanaladi. Bundan tashqari, Ronaldu 7 bor musobaqa to'purari uchun berilgan sovrinlarga ega chiqqan. Umuman olganda, Ronaldu EChL tarixidagi eng yaxshi futbolchi va bu natijani undan tortib olish tobora mushkullashib bormoqda.

BestMaster
28 May 2020, 00:30
echldagi, yaxshi, topurar, kim?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
shoxcr7real
 shoxcr7real  
UEFA CRIWTIANU LIGASIYU BU
28 May 2020, 14:46
 u7777u  
Туғири
28 May 2020, 20:57
 u7777u  
Роналду ни рекорд ини хеч кем буза олмайди
28 May 2020, 20:58
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads