Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ko'prog'ini kutgandik. "Ketmoni uchmagan" Adnan Yanuzay haqida

Ajoyib texnika sohibi, iqtidorli futbolchi va ajoyib krosslar amalga oshira oladigan belgiyalik tarixi.

.
- Yuklab olish

"Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tish Adnan Yanuzay faoliyatidagi ajoyib voqealardan biri edi va uning faoliyatini butkul o'zgartirib yuborishi kutilgandi. Biroq voqealar rivojiga tashqi omillar tasir ko'rsatdi va uzoq hamda qiyinchiliklarga to'la yo'lga uloqtirdi.

2013/2014-yilgi yorqin mavsum

"Manchester Yunayted" safida 2013 yil sentyabr oyida debyut uchrashuvini o'tkazgan yosh belgiyalik oktyabr oyiga kelib, muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'la boshladi. Devid Moyes bryussellik vingerning o'yinidan hayratda edi. Asosiy tarkibdagi ilk uchrashuvni ham ko'p kutishga to'g'ri kelmadi. Moyes 2-3 marta zaxiradan maydonga qo'shilgan Adnanga navbatdagi o'yinda asosiy tarkibdan joy ajratdi. Debyut bundanda omadli bo'lishi qiyin edi – asosiy jamoa tarkibidagi birinchi gol, o'yin davomida dublga aylandi, u esa o'z navbatida "Yunayted"ga "Sanderlend" ustidan irodali g'alabani taqdim etdi.

Ha, uzoq davom etgan mavsum davomida Adnan boshqa dubl qayd eta olmadi, bundan tashqari umumiy hisobda futbolchi o'z hisobiga bor yo'g'i 4 tadan gol va assist yozdirib qo'ydi. Maqtanishga arzimasa-da, APLdagi debyut mavsum uchun yomon emas. 

SHuningdek, Adnan maydonda vaziyat yaratuvchi va hujumchilarni to'p bilan taminlovchi vazifasini bajarardi, yakuniy zarbani Robin van Persi berishi kerak edi.

Omadsizlikka duch kelganda

Devid Moyes bilan xayrlashishni haligacha "Manchester Yunayted" muxlislarining bir qismi xato qaror desa, ikkinchisi vaziyat taqozosi deydi. Nima bo'lgan taqdirda ham murabbiyga chiqish eshigi ko'rsatildi. Moyesning o'rnini egallagan Lui van Gaal yosh Yanuzayga shotlandiyalik murabbiychalik ishonch bildirmasdi va asosiy urg'uni tajribali futbolchilarga qaratdi. 

Malum vaqt o'tib, Dortmundning "Borussiya"siga ijara ham belgiyalikka Devid Moyes taqdim etgan o'yin amaliyotini bermadi. Murabbiy va futbolchi bir-biriga etishmayotgandek tasavvur paydo bo'la boshlagan bir vaziyatda ularning yo'li "Sanderlend"da kesishdi. Adnan yana etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lsa-da, "qora mushuklar"ning umumiy omadsizliklari fonida, Yanuzay yorqin yulduz bo'la olmadi – 25 o'yin 0 gol.

Faoliyatining hozirgi davri

2017 yil yozida Adnan yana Angliyani tark etdi, bu safar Ispaniyaning "Real Sosedad" klubi bilan besh yilga mo'ljallangan to'laqonli shartnoma imzolandi. La Ligadagi debyut mavsumida belgiyalik maydonga 28 bor tushirildi, ularning 18tasi asosiy tarkibda.

Rossiyada o'tgan oxirgi mundialda Adnan Belgiya termasi safida faqat bir marta o'yinga qo'shildi. Bu voqea guruhning hal qiluvchi o'yinida, Angliyaga qarshi bellashuvda, hech kim birinchi o'rinni egallagisi kelmayotganda yuz berdi. Devid Moyes yoqimtoyi, murabbiy gaplari-yu, vaziyatni unutib qo'ydi chog'i. Hech kim darvozani ishg'ol qilgisi kelmay o'ynayotgan bir pallada bellashuvdagi yagona golni urib qo'ydi. Tabiiyki, Yanuzay turnirning qolgan qismini faqatgina o'rindiqdan tomosha qildi.

Ispaniyalagi ikkinchi mavsum omadli bo'lishi mumkin edi, ammo barcha rejalarni jarohatlar barbod qildi. Bu mavsum futbolchi yana o'yin amaliyotisiz qiynalmoqda, lekin qishki tanaffusdan keyin asosiy tarkibda bo'lmasa-da, maydonga ko'proq tusha boshlagandi. 

Keljak rejalari

Evropada ichki chempionatlar to'xtatilishidan avval "Real Sosedad" 4-pog'onani egallab turgandi va bu ko'rsatkich Yanuzay jamoasiga CHempionlar Ligasi yo'llanmasini taqdim etardi. Agar "ko'k-havoranglilar" yakunda ham yo'llanmani o'zlarida saqlab qola olsalar, Adnan jamadonini yig'ishtirishga shoshilmasligi maqul. Sababi u klublar o'rtasida mintaqaning eng nufuzli musobaqasida o'zi haqida yana barchaga eslatib qo'yish imkoniga ega bo'ladi. Asosiysi bunga futbolchining asosiy raqibi - jarohatlar to'sqinlik qilmasa bo'lgani...

Nozima Zaripova tarjimasi

BestMaster
27 May 2020, 20:00
koprogini, kutgandik, ketmoni, uchmagan, adnan, yanuzay, haqida,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads