Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mbappe futbolda o'zi uchun o'rnak bo'lgan ikki kishini aytdi

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe o'zi uchun 2ta o'rnak kim ekanini aytdi.

.
- Yuklab olish

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe o'zi uchun 2ta o'rnak kim ekanini aytdi. Uning fikricha, «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan va «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zi uchun namuna bo'la oladi.

«Dastlab Zidan Frantsiya terma jamoasida erishgan barcha yutuqlari evaziga men uchun har tomonlama o'rnak bo'lgan. Keyinchalik Ronaldu paydo bo'ldi. Krishtianu juda ko'p sovrinlarni qo'lga kiritdi va shundan so'ng g'alabalarga intilmoqda. Ularning har ikkisi futbol tarixida o'z izini qoldirdi. Men ham tarixda qolishni istayman.

«Oltin to'p»? Uni qo'lga kiritsam yomon bo'lmasdi, ammo bu sovrin ishqida kuyib-yonmayman. Kelgusi yoki undan keyingi mavsumda mazkur sovrinni yutishim kerak, deb o'ylab yurmayman. O'zim uchun cheraga belgilab olmayman. Men «PSJ» va Frantsiya terma jamoasi maqsadlarini o'z manfaatimdan ustun qo'yaman», — dedi Mbappe "Daily Mirror" nashriga bergan intervyusida.

2019/20 yilgi mavsumda Mbappe «PSJ» safida barcha musobaqalar doirasida 33ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol urdi va 17ta golga uzatma berdi. 21 yoshli futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan. Uning xizmatlariga «Real» qiziqish bildirmoqda. Avvalroq u mazkur yozgi transfer paytida «PSJ»ni tark etmasligini ma'lum qilgan edi.

BestMaster
27 May 2020, 11:30
mbappe, futbolda, uchun, ornak, bolgan, ikki, kishini, aytdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 u7777u  
Статистекаси даҳшат
27 May 2020, 18:11
 u7777u  
Зедан ва роналду афсона улар
27 May 2020, 18:12
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads