Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Zidan — EChL tarixidagi eng yaxshi murabbiy

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan "Squawka" nashri versiyasiga ko'ra, Evropa chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi murabbiy deb topildi.

.
- Yuklab olish

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan "Squawka" nashri versiyasiga ko'ra, Evropa chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi murabbiy deb topildi. Reytingni tuzishda 1992 yil — Evropa chempionlar kubogi musobaqasi hozirgi ko'rinishga o'tgan davrdan boshlab inobatga olingan.

47 yoshli Zidan reytingdagi eng yosh mutaxassis bo'lib, 2016 yildan 2018 yilgacha turnirda ketma-ket 3 marta g'olib chiqqan. Frantsiyalik mutaxassis murabbiy sifatida jamoasini 40ta o'yinda maydonga boshlab tushib, ularning 26tasida (65%) g'alaba qozongan.

«Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola 2-pog'onani zabt etdi. U «Barselona» bilan ikki marta (2009, 2011) Chempionlar ligasi bosh sovriniga ega chiqqan. Pep turnirda bahslarning 61 foizida g'alaba qozongan (121ta o'yindan 74tasida).

«Everton» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kuchli uchlikka kirdi. Italiyalik mutaxassis EChLni «Milan» (2003, 2007) va «Real» (2014) bilan 3 marta qo'lga kiritgan. Uning g'alabali o'yinlar koeffitsienti 55,15 foizga teng bo'ldi (165ta o'yinda 91 g'alaba).

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino va Lui van Gal kuchli beshlikka kirishgan bo'lsa, «Manchester Yunayted» bilan Chempionlar ligasida ikki marta (1999, 2008) g'olib chiqqan ser Aleks Fergyuson reytingda 6-pog'onani egalladi.

Evropa chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi murabbiylar (top-10):

1. Zayniddin Zidan («Real») — 2016, 2017, 2018 yillarda g'olib chiqqan.

2. Xosep Gvardiola («Barselona», «Bavariya», «Manchester Siti») — 2009, 2011.

3. Karlo Anchelotti («Parma», «Yuventus», «Milan», «Chelsi», «PSJ», «Real», «Bavariya», «Napoli») — 2003, 2007, 2014.

4. Joze Mourino («Portu», «Chelsi», «Inter», «Real», «Manchester Yunayted», «Tottenxem) — 2004, 2010.

5. Lui van Gal («Ayaks», «Barselona», «Bavariya», «Manchester Yunayted») — 1995.

6. Aleks Fergyuson («Manchester Yunayted») — 1999, 2008.

7. Yupp Xaynkes («Real», «Bavariya») — 1998, 2013.

8. Visente del Boske («Real») — 2000, 2002.

9. Rafael Benites («Liverpul», «Inter», «Chelsi», «Napoli», «Real») — 2005.

10. Ottmar Xittsfeld («Borussiya» D, «Bavariya») — 1997, 2001

BestMaster
26 May 2020, 11:00
zidan, echl, tarixidagi, yaxshi, murabbiy,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads