Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Messi – EChL finallari tarixidagi eng yaxshi futbolchi. Ronaldu — 11-o'rinda

Squawka portali so'nggi 20 yil ichidagi Chempionlar ligasi final bahslarining eng yaxshi o'yinchilari reytingini tuzib chiqdi.

.
- Yuklab olish

Squawka portali so'nggi 20 yil ichidagi Chempionlar ligasi final bahslarining eng yaxshi o'yinchilari reytingini tuzib chiqdi.

Ushbu ro'yxatga faqat final uchrashuvining "eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan o'yinchilar kiritildi.

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi 2011 yilgi finalda "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindagi ishtiroki uchun reytingning 1-pog'onasiga joylashtirildi. Bu o'yinda argentinalik futbolchi bitta gol muallifiga aylangan edi.

Ikkinchi o'rin esa Zayniddin Zidanga nasib etgan bo'lsa, Xavi kuchli uchlikka kirdi. Krishtianu Ronaldu esa 11-o'ringa joylashtirildi. Portugaliyalik futbolchi 2017 yilgi finalda "Yuventus" darvozasiga 2ta to'p yo'llagan edi.

EChL finallarining eng yaxshi o'yinchilari (top-20):

1. Lionel Messi («Barselona», «Manchester Yunayted» ustidan g'alaba — 3:1. 2011 yil)

2. Zinedin Zidan («Real», «Bayer» ustidan g'alaba — 2:1. 2002 yil)

3. Xavi («Barselona», «Manchester Yunayted» ustidan g'alaba — 2:0. 2009 yil)

4. Stiven Jerrard («Liverpul», «Milan» (3:3, po pen. 3:2). 2005 yil)

5. Oliver Kan («Bavariya», «Valensiya» (1:1, po pen. 5:4). 2001 yil)

6. Dide Drogba («Chelsi», «Bavariya» (1:1, po pen. 4:3). 2012 yil)

7. Aren Robben («Bavariya», «Borussiya» ustidan g'alaba — 2:1. 2013 yil)

8. Anxel Di Mariya («Real», «Atletiko» ustidan g'alaba — 4:1. 2014 yil)

9. Garet Beyl («Real», «Liverpul» ustidan g'alaba — 3:1. 2018 yil)

10. Diego Milito («Inter», «Bavariya» ustidan g'alaba — 2:0. 2010 yil)

11. Krishtianu Ronaldu («Real», «Yuventus» ustidan g'alaba — 4:1. 2017)

12. Stiv Makmanaman («Real», «Valensiya» ustidan g'alaba — 3:0. 2000)

13. Andres Inesta («Barselona», «Yuventus»  ustidan g'alaba — 3:1. 2015)

14. Serxio Ramos («Real», «Atletiko»  ustidan g'alaba — 1:1, pen. 5:3. 2016)

15. Edvin van der Sar («Manchester Yunayted», «Chelsi»  ustidan g'alaba — 1:1, pen. 6:5. 2008)

16. Deku («Portu», «Monako» ustidan g'alaba — 3:0. 2004)

17. Paolo Maldini («Milan», «Yuventus» ustidan g'alaba — 0:0, pen. 3:2. 2003)

18. Virjil van Deyk («Liverpul», «Tottenxem»  ustidan g'alaba — 2:0. 2019)

19. Samuel Eto’O («Barselona», «Arsenal»  ustidan g'alaba — 2:1. 2006)

20. Filippo Indzagi («Milan», «Liverpul»  ustidan g'alaba — 2:1. 2007).

BestMaster
25 May 2020, 21:00
messi, echl, finallari, tarixidagi, yaxshi, futbolchi, ronaldu, 11-orinda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads