Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Vaqtinchalik mehmonlar...

Bugun siz bilan mavsumni ishonchli o'tkazayotgan ijaradagilar haqida suhbatlashamiz.

.
- Yuklab olish

O'z klubida joy topilmay, boshqa klubga ijaraga berib yuborilgan bazi futbolchilar o'zlarini ijobiy tomondan ko'rsatib, dunyoning eng yaxshilari qatoridan joy olishmoqda. 

DarvozabonAlban Lyafon (Franciya) — "Fiorentina"ga tegishli, "Nant"da to'p tepmoqda

Lyafon katta futbolga tengdoshi Donnarumma bilan bir vaqtda yorib kirdi — 16 yoshda! "Tuluze"da o'tgan uch mavsumdan so'ng iqtidorli golkiper "Fiorentina"ga ko'chib o'tdi, u erda asosiy jamoada bir mavsum o'tkazdi, lekin Florenciyada to'liq baxtli emasdi. Natijada Liga 1"ga qaytish borasida kelishuvga erishdi. Italiyaliklar Albanni "Nant"ga ikki yilga ijaraga berdi. Hozirda yosh darvozabon aynan shu erda tajriba orttirmoqda. Aprel oyida uzunquloq gaplarga qaraganda, Lyafonga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirayotgani aytildi, darvozabonning o'zi esa kun kelib o'zi yoshlikdan muxlisi bo'lgan "Arsenal" tarkibida o'ynashni orzu qiladi.

O'ng qanot himoyachisiAshraf Xakimi (Marokash) — "Real"ga tegishli, "Borussiya"da to'p tepmoqda

Ikki yil avval Xakimi Madriddan Dortmundga yo'l olganda uning transfer narxi 5 mln evroni tashkil etardi, hozir Ashraf tahminan 10 barobar qimmatroq turadi. U Germaniyada shu qadar o'sishga erishdiki, bugunga kelib, Xakimi o'z qanotida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri: "Borussiya" tarkibidagi 66 o'yinda futbolchi 27 bor samarali harakat amalga oshirishga ulgurdi. "Borussiya" muxlislari yaxshi bilishadiki, Ashraf hujumni boshlab berishdi, to'pni katta tezlikda oldinga etkazib, sheriklarini qulay vaziyatga chiqarishda katta hajmdagi ishni bajaradi. Bunday futbolchi imkoniyat berilsa, Karvaxalni ham tarkibdan chiqarishga qodirdek.

Markaziy himoyachilarKris Smolling (Angliya) — MYU ga tegishli, "Roma"da to'p tepmoqda

"Manchester Yunayted" asosiy tarkibida joyini yo'qotib qo'ygan Smolling "Roma"ga ko'chib o'tdi va birdan himoyaning asosiy futbolchisiga aylandi. Bir necha oy davomida Krisni sotib olish harakatini qildi, lekin klubga transfer summasi to'g'ri kelmadi. Endi rimliklar boshqa markaziy himoyachi qidirish bilan ovvora. Afsus, Smolling va "Roma" bir-biriga juda mos tushgandi.

Janluka Manchini (Italiya) — "Atalanta"ga tegishli, "Roma"da to'p tepadi

"Roma"ning bu mavsumdagi ikkinchi markaziy himoyachisi ham ijarada harakat qilmoqda. Lekin Manchini mavsum yakuniga etgach, tarixiy shaharni tark etmaydi: "bo'rilar" "Atalanta" bilan transfer huquqini to'liq sotib olish borasida kelishuvga erishdilar. SHubhasiz, klub uchun bu omadli transfer.

CHap qanot himoyachisiSerxio Regilon (Ispaniya) — "Real"ga tegishli, "Sevilya"da to'p tepmoqda

O'tgan mavsum Regilon "Real"da porlab chiqdi va Lopetegi hamda Solari davrida Marseloni asosiy tarkibdan chiqarib yubordi. Ammo Zidan yosh Serxioni ijaraga jo'natishni lozim topdi, himoyachi ham o'zini yo'qotib qo'ymadi va "Sevilya"da yomon o'yin ko'rsatmayapti. 

Yarim himoyachilarJedson Fernandesh (Portugaliya) — "Benfika"ga tegishli, "Tottenxem"da to'p tepmoqda

Iqtidorli Jedsonni qishda Joze Mourino "Tottenxem"ga chorladi. Afsuski, APLdagi tanaffus tufayli Fernandesh aytarli imkoniyatga ega bo'lmadi va o'zini ko'rsatishga ulgurmadi. Lekin buning uchun hali vaqt etarli, sababi ijara muddati 2021 yil yozgacha mo'ljallangan.

Nikola Barella (Italiya) — "Kalyari"ga tegishli, "Inter"da to'p tepmoqda

O'tgan mavsum ko'plab grand klublar etiboriga tushgan Barella "Inter"ga juda zo'r moslashib keta oldi. Lekin keyin jarohat pand berib, safdan chiqdi. Klubdagilar 45 million evroga butkul achinishmadi. Bu mavsum Nikola Milanda ijara asosida to'p tepgan bo'lsada, "neradzurri" xavbekning transfer huquqini sotib olishni uddalashdi.

Martin Edegor (Norvegiya) — "Real"ga tegishli, "Real Sosedad"da to'p tepmoqda

Martin "Real"ga shov-shuv ko'targan yosh bolakay bo'lib kelgandi, lekin Edegor katta futbolda o'z o'rniga ega bo'lish uchun ancha ter to'kishiga to'g'ri keldi. "Real Sosedad"ga ijara — Niderlandiya safaridan keyingi uchinchi punkt. Niderlandiyada norvegiyalik "Xerenven" va "Vitess" safida harakat qildi. "Qirollik klubi"ning Edegordan umidi katta, Martinni Luka Modrichning o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda.

Filippe Koutino (Braziliya) — "Barselona"ga tegishli, "Bavariya"da ijarada to'p tepmoqda

Koutino "Liverpul"dan ketgach, o'z o'rnini hali ham topolmagandek. "Barselona"da Filippe qanchalik harakat qilmasin, asosiy futbolchilardan biriga aylana olmadi, "Bavariya"da nisbatan yomon bo'lmagan statistikasiga qaramay, braziliyalik bilan hamkorlikni uzaytirishmoqchi emaslar. Yozda katta ehtimol bilan yarim himoyachi o'ziga yana yangi klub qidirishiga to'g'ri keladi chog'i. 

HujumchilarDeyan Kulushevski (SHveciya) — "Yuventus"ga tegishli, "Parma"da to'p tepmoqda

Deyan Kulushevski mavsum davomida qiziq bir voqeaga sababchi bo'ldi: u klubini o'zgartirdi, lekin "Parma"da qoldi. Qiziq tomoni shundaki, ushbu mavsum 5 ta gol va 7 ta "assist" qayd etgan 20 yoshli shved ushbu transfer amalga oshgunga qadar ham, undan keyin ham "Parma" bilan shartnomasi yo'q edi. Asli "Atalanta"ga tegishli Deyan qishda 35 million evro evaziga "Yuventus"ga transfer qilindi, o'z navbatida "Keksa sinora" ham Kulushevskini "Parma"ga ijaraga berib yubordi. Tinib tinchimagan odamlar-ey, nimalarni o'ylab topishmaydi-a?!

Mauro Ikardi (Argentina) — "Inter"ga tegishli, PSJda to'p tepmoqda

Argentinalik "Inter" bilan kelisholmay qolgach, Parijga yo'l oldi. Franciya poytaxtida Ikardi klub rekordchisi Kavanini  tarkibdan chiqarib yubora oldi. Uning statistikasiga xavas qilsa arziydi: 31 o'yinda 20 ta gol va 4 samarali uzatma. Ikardi PSJda yaxshi o'yin ko'rsatdi, lekin uning kelajagi so'roq ostida. "Pari Sen-Jermen" futbolchini arzonroqqa sotib olish niyatida, lekin bunga "Inter" ko'nmayapti. 

Nozima Zaripova tarjimasi

BestMaster
24 May 2020, 13:45
vaqtinchalik, mehmonlar,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Реалдан куп ика
24 May 2020, 23:48
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads