Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Sportuz.Ru- Sport yangiliklari

Roberto Karlos:"Birorta futbolchining ko'zlariga uyqu kelmagan"(Intervyu)

.
- Yuklab olish

Roberto Karlos “The Players' Tribune” nashri uchun bergan intervyusida Madridga ko'chib kelishi, EChLdagi chempionlik va boshqa voqealarni yodga olib o'tdi.

“Real” haqidagi xotiralar

Qo'limga “Real Madrid”dagi ilk uchrashuvimda olingan suratni oldim. 1996-yilda olingan suratda ilk bor “qirollik klubi” libosini kiygan 23 yoshli Roberto Karlos aks etgan. Men Madridga birinchi bor ko'chibkeldimvato'liqshuerlikkaaylandim. Ushbu rasm ajoyib sarguzashtlarni yodga olishimga sabab bo'ladi. Bugungi kunda men ushbu jamoaning xalqaro aloqalar bo'limi direktori lavozimida faoliyat olib boryapman. Qaysidir ma'noda jamoaning bir bo'lagiman desam ham bo'ladi.

COVID-19

Afsuski, so'nggi paytlarda futbol va uning ortidagi hayot keskin o'zgarib ketdi. Yaqindagina oziq-ovqatlar xarid qilish maqsadida ko'chaga chiqdim. Ishonasizmi, o'z shahrimni tanimay qoldim. Kunning bu paytida Madrid ko'chalari kulib turgan insonlar bilan to'lib-toshishi lozim, biroq shahar ko'chalari huvillab yotibdi. Insonlar qiyofasida tundlik shundoqqina ko'rinib turibdi. Hatto Quyosh ham avvalgidek nur sochmayotgandek go'yo.

Yaratganga shukrlar bo'lsin. Virus meni va oilamni chetlab o'tdi. Shunday bo'lsada, bu virus nobud qilgan insonlar uchun afsusdaman. Ularning ayrimlari bilan yaqindan tanish edim. Siz “Real”ning sobiq prezidenti Lorenso Sansning aynan COVID-19dan vafot etganidan xabar topgan bo'lsangiz kerak. Mening Madrid klubiga o'tishimda aynan janob Sans katta tashabbus ko'rsatganlardan edi. Uning virusga chalingani haqida eshitganimda Lorenso 76 yoshda edi. Ishoning,uning sog'lig'i uchun oilamiz bilan ibodat qildik...

Endilikda undan faqat shirin xotiralar qoldi xolos. U nafaqat klub prezidenti, balki uning ishqibozi ham edi. “Santyago Bernabeu”dagi ilk uchrashuvim shundoqqina yodimda. 80 ming muxlis qarshisida turar ekanman, o'zimga o'zim “men bu erda nima qilyapman? Xato qilib qo'ysamchi?” deb savol berganimni yaxshi xotirlayman. O'sha uchrashuv menga futbolchi har qanday bosim ostida ham to'p surishi lozimligini o'rgatdi. Bu klub futbolchilari tashqaridan juda mustahkam ko'ringani bilan, ba'zi vaziyatlarda ular ham qattiq hayajonga tushadi.

EChL finali

“Qirollik klubi” a'zosi bo'lganimdan ikki yil o'tib biz EChL final uchrashuvida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdik. Raqibimiz o'sha davrlarning eng qudratli klubi — “Yuventus” edi. Barcha “Real”ni eng sovrindor jamoa sifatida yaxshi taniydi, biroq o'sha final oldidan biz 32 yildan beri Evropa taxtiga ko'tarilmagan “Real” futbolchilari edik. Raqibimiz esa, ketma-ket 3 bor finalga qadar etib kelgan tajribali klub. Ko'pchilik Turin klubi osonlik bilan g'alaba qozonishini taxmin qilgan desak, adashmagan bo'laman. Uchrashuvdan bir kun oldin mehmonxonaga joylashdik. Soat tungi 22:00. Shunga qaramay, hech kim xonasiga yo'l olishni istamayapti. Barcha hayajonda. Birorta futbolchining ko'zlariga uyqu kelmayapti. Biz uzoq vaqt suhbatlashib o'tirdik. Hamma o'zi bilan sodir bo'lgan qiziqarli voqealarni aytib berdi. Shunday qilib soat tongi 4 ga qadar mehmonxona vestyublida o'tirdik. Birorta jamoadoshim o'z xonasida yolg'iz qolishni istamagan edi o'shanda. Tan olish lozim, biz “Yuve”ni hurmat qilar edik, biroq undan sira qo'rqmaganmiz. Ertasi kuni tunda uzoq kutgan uchrashuvimizga start berildi. Raqibimiz bizdan ko'ra ko'proq imkoniyatga ega bo'ldi, biroq hisob 1:0 ko'rinishidaligibizning foydamizga ishladi. O'yindan so'ng shuni anglab etdimki, biz klass borasida o'sha oqshom raqibdan bir bosh baland ekanmiz. G'alabani nishonlash uchun Madridga kelgach, to'g'ri Sibeles maydonga yo'l oldik. Ko'chalar muxlisalar bilan liq to'lib ketgan. Barcha qaymoqrang sharf va futbolkalarda qo'shiq kuylamoqda. Hammaning ko'zlarida quvonch. Agar faoliyatimdagi eng zo'r kunni tanlang deyishsa, o'ylab o'tirmay “Real” bilan birinchi bor EChLda zafar quchgan kunimni tanlayman. O'sha oqshom biz tonggacha g'alabani nishonlagan edik.

“Real Madrid” buyuk jamoa

Siz “Real” sharafini himoya qilar ekansiz, bu klub qanchalar buyuk ekanligini anglab borasiz. Dunyoning qaysi burchagida to'p surmaylik, o'sha erda muxlislarimiz bor ekanligini guvohi bo'lganman.

Yodimda bor, “Real”ning “galaktikos”gaaylangan chog'lari butun dunyoning e'tibor markazidagi jamoaga aylangan edik. O'sha damlarni yodga olar ekanman, yuragim orziqib ketadi. Tasavvur qiling, zaxira o'rindig'ida “oltin to'p” egalari, La liganing eng yaxshi hujumchilari va dunyoning birinchi raqamli darvozabonlari navbat poylashmoqda. Ularga e'tibor berar ekanman, o'zimni qaerdan kelib qolganim haqida o'ylanib qolaman. Darhaqiqat, hayot betakror ijodkor.

Muxlislar mehri

Biz keyinchalik yana ikki bor EChLda zafar quchdik. 2000-yil va 2002-yildagi g'olibliklarimizni yaxshi xotiralay olmayapman. Sababi, grand jamoa futbolchilarig'oliblikdan so'ng o'zining bo'sh qo'yishga haqi yo'q. Shu sababli g'alabalardan so'ng yana hech narsa bo'lmagandek mashg'ulotlarda davom etishing talab etiladi. Faqat shu yo'sindagina motivatsiyani saqlab qolishingiz mumkin. To'g'risi, men “Real”ni tark etganimdagina futbol olamida qanday buyuk ishlarni amalga oshirganimni tushunib etganman. O'sha kuni yaxshi xotirlayman. 2007-yil 17 noyabr. Biz mavsumning so'nggi uchrashuvini “Malorka” bilan “Bernabeu”da o'tkazgan edik. Bu La liganing so'nggi turi bo'lib, g'olib hali aniqlanmagan, “Barselona” bilan ochkolar bir xil edi. Biz shaxsiy uchrashuvlardagi ustunlik sababli oldinda edik. Chempionlikni qo'lga kiritishimiz uchun so'nggi turda g'alaba qozonish kifoya. Uchrashuv boshida gol o'tkazib yubordik. Barchasi so'nggi turda rasvo bo'lishi mumkin edi. Ikkinchi bo'limning ekvatoridagina hisobni tenglashtirdik va so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketish orqali chempionlikni qo'lga kiritdik. Men Madridni chempion sifatida tark etdim. Men bilan birgalikda Devid Bekxem ham o'zining Madriddagi so'nggi uchrashuvini o'tkazgani ma'lum bo'ldi. Klub bazasidan chiqqanimizda, muxlislar bizni qurshab olishdi. Ular bizning kelajakdagi ishlarimizga rivoj tilashdi. Mehr va muhabbat ila bizni kuzatib qo'yishdi. Muxlislar mehr bilan“Senga omad tilaymiz”, “yana qaytgin” degan so'zlari hali-hamon quloqlarim ostida jaranglab turibdi. Aynan o'sha soniyalarda klub uchun nimadir qila olganimni va ularning mehrini qozonganimni chuqur his etganman.

 

 

BestMaster
23 May 2020, 04:30
roberto, karlosbirorta, futbolchining, kozlariga, uyqu, kelmaganintervyu,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017