Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Joze Mourino «Inter»dan ketgani haqida: «Real»ga uch marta yo'q deb bo'lmaydi

«Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourino 2010 yilda «Inter»dan «Real» boshqaruviga yo'l olganini yodga oldi.

.
- Yuklab olish

«Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourino 2010 yilda «Inter»dan «Real» boshqaruviga yo'l olganini yodga oldi. Mutaxassis «Barselona»ga qarshi kechgan Chempionlar Ligasi 1/2 final javob bahsidan keyin Milanni tark etish qaroriga kelgan.

«Barselona»ga qarshi javob o'yinidan keyin qaror qabul qildim, sababi Chempionlar Ligasida g'olib chiqish arafasida ekanimizni bilgandim. Buni Morattiga aytgandim. O'yindan so'ng u bilan quchoqlashdik, u ketishga va baxtli bo'lishga haqqim borligi aytdi. Biroq men Milanda Madriddagidan baxtli edim», — deydi Mourino.

Ayrim xabarlarda Joze Chempionlar Ligasi finalidan avval «Real» bilan shartnoma imzolab qo'ygani haqida aytiladi, biroq portugaliyalik mutaxassis ularni inkor etdi.

«Agar finaldan so'ng ismimni aytib kuylayotgan muxlislar bilan Milanga qaytganimda, balki, u erdan hech qachon keta olmasmidim...

Men Madridga ketishni istadim. Ular bir yil avval meni chaqirishgandi, Morattiga bu haqida aytganman, biroq u meni qolishga ko'ndirgandi. «Chelsi»ni boshqarayotgan paytimda ham «Real» taklifini rad etganman, ammo madridliklarga uchinchi marta «yo'q» deb bo'lmaydi», — deya qo'shimcha qildi Joze.

Mourino 2009/10 yilgi mavsumda «Inter» bilan A Seriya, Italiya Kubogi va Chempionlar Ligasi g'olibligini qo'lga kiritgan holda «trebl» qayd etadi. Mavsum yakunlangach u «Real» boshqaruviga tayinlanadi. 2013 yilga qadar ispan grandini boshqargan Mourino La Liga, Ispaniya Kubogi va Superkubogida zafar quchgan.

BestMaster
22 May 2020, 22:30
mourino, «inter»dan, ketgani, haqida, «real»ga, marta, bolmaydi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads