Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Roberto Martines: «Azar «Real»da «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishi mumkin»

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines «Real» yarim himoyachisi Eden Azarning imkoniyatlariga yuqori baho berdi.

.
- Yuklab olish

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines «Real» yarim himoyachisi Eden Azarning imkoniyatlariga yuqori baho berdi.

«Shubhasiz, Azar «Real»da «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishi mumkin. Ba'zida yangi jamoada ilk mavsum qiyin kechadi. «Real»dek buyuk klubda o'ynar ekansan, bu jamoa uchun boringni berishing kerak bo'ladi.

Eden odatda ko'p o'yinlarni o'tkazib yubormas edi. Masalan, u «Chelsi» tarkibida so'nggi 8 yil ichida 18ta uchrashuvni o'tkazib yuborgan xolos. «PSJ»ga qarshi o'yinda u jarohat oldi. Ammo o'sha bahsda ko'rinib turgandiki, Azar futboldan zavqlanmoqda, sheriklari bilan yaxshi til topishmoqda.

«Real» muxlislari xotirjam bo'lishsin, Azar muvaffaqiyatga erishadi», – dedi Martines.

29 yoshli belgiyalik futbolchi La liganing ushbu mavsumida 10ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.

BestMaster
21 May 2020, 21:30
roberto, martines, «azar, «real»da, «oltin, top»ni, qolga, kiritishi, mumkin»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads