Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kim qaerga o'tadi? Pogba, Ndombele, Obameyang va boshqa yulduzlar uchun tanlov imkoniyati

Bugungi kunga kelib Germaniya Bundesligasi qayta tiklangan bo'lsa ham Evropaning qolgan chempionatlari hali boshlanganicha yo'q.

.
- Yuklab olish

Bugungi kunga kelib Germaniya Bundesligasi qayta tiklangan bo'lsa ham Evropaning qolgan chempionatlari hali boshlanganicha yo'q. Shunday ekan, etakchi klublarning qanday tarkibda maydonga qaytishini taxmin qilishning ayni vaqti. Ommaviy axborot vositalarida futbolchilarning bir klubdan ikkinchisiga o'tishi mumkinligi to'g'risida uzunquloq gaplarning keti uzilmayapti. Quyida haqiqatan ham boshqa klubga ko'chib o'tish ehtimoli yuqori bo'lgan futbolchilar haqida so'z yuritiladi.

Pol Pogba

Ushbu yozda Pogba «Manchester Yunayted»ni tark etishi zarurdek taassurot uyg'otmoqda. Futbolchi uchun «Yuventus» va «Real» kurashmoqda.

Italiyaning Calciomercato nashri hatto frantsiyalik futbolchining Aaron Remziga almashtirilish variantini ham keltirib o'tdi. Ehtimol, ular buni avvalroq rejalashtirgandir, koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq vaziyat barchasini o'zgartirib yubordi. Shu bois hozirda «qizil iblislar»ning yarim himoyachisini qo'yib yuborishga tayyor ekanligiga ishonchi komil emas. Balki unga yana bir bor imkoniyat berilar, chunki ingliz klubi Pogbaning transferidan 100 million funt sterling ishlab olish haqiqatan yiroq ekanini yaxshi biladi.

Agar Pogba sho'xlik qilishni yig'ishtirib, astoydil ishlashni boshlasa, asosiy tarkibning almashtirib bo'lmaydigan o'yinchisiga aylanishi mumkin.

Yakuniy xulosa: «Manchester Yunayted»da qoladi.

Tangi Ndombele

Tangi Ndombele bilan nima bo'layotganini aytish mushkul. Avvaliga Joze Mourino uni ochiqchasiga tanqid qildi, keyin esa frantsiyalik futbolchi karantin vaqtida shov-shuvlarga sabab bo'lgan mashg'ulot o'tkazdi. The Times nashri tarqatgan xabarga ko'ra, «Tottenhem» Ndombele bilan xayrlashmoqchi.

Manbalarda klub rahbariyatining futbolchining xatti-harakatlaridan noroziligi qayd etilmoqda. Uni qayta tarbiyalashdan ko'ra boshqa jamoaga sotib yuborish osonroqdek tuyulmoqda. Ammo 55 million evrolik futbolchiga xaridor topish oson emas, «shporlar»ning asosiy vazifasi – sarflangan pullarni qaytarish.

Ko'rinishidan unga qiziqayotganlar orasida «Barselona» ham bordek. To'g'ri, klubning moliyaviy ahvoli qanday ekani hozircha aniq emas. Kelgusi haftadan esa futbolchi bo'lgan qiziqishlarning tiklanishi kutilmoqda.

Yakuniy xulosa: «Tottenhem»dan ketadi.

Per-Emerik Obameyang

Obameyang uzoq vaqtdan beri o'z kelajagi haqida bosh qotirmoqda. Uning jamoadan ketmoqchiligi va boshqa joyda omadini sinab ko'rmoqchiligi tobora oydinlashmoqda.Unga «Barselona» jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq hujumchining Premer Ligada qolish ehtimoli ham yo'q emas.

Gabonlik futbolchini Frenk Lempard «Chelsi»ga jalb etishga urinishi mumkin. Boisi oldingi chiziqda Temmi Abrahamga sherik kerak. Buning ustiga anchadan buyon London klubining «Lion» hujumchisi Mussa Dembeleni sotib olish borasidagi harakatlari besamar ketmoqda. Obameyang esa APLda nimalarga qodir ekanini isbotlay olgan.

Yakuniy xulosa: «Arsenal»dan ketadi.

Luka Yovich

Aslini olganda, Yovich «Real»da qolishni va uning yulduziga aylanishni xohlaydi, ammo uning Madridni tark etishi haqidagi mish-mishlar to'xtamayapti. Uni bir nechta ingliz klublari bilan bog'lashmoqda, shu jumladan, «Nyukasl» va «Vest Hem» bilan ham.

Yovich allaqachon vatandoshi – Mitrovichdan (Aleksandar Mitrovich – Serbiya terma jamoasi va Angliyaning «Fulhem» klubi hujumchisi) Britaniyadagi hayot haqida so'rashga ham ulgurdi.

Madridda Yovichni bir yilga ijaraga berib, keyin unga ikkinchi marta imkoniyat berish rejalashtirilmoqda.

Yakuniy xulosa: «Real»dan ijara asosida ketadi va keyin qaytadi.

Kay Haverts

Germaniyalik vunderkindning «Bayer»ni tark etishi haqida anchadan beri gapirilmoqda. Ko'plab ekspertlar, hatto uning «Manchester Yunayted»ga kelishini yuqori baholagan.

«Bayer» esa uning narxini 100 million evro etib belgilagan va bir sent ham tushmoqchi emas. Ba'zi mutaxassislar agar Haverts klubini almashtiradigan bo'lsa, faqat Germaniya klublaridan biriga o'tadi deb hisoblamoqda. Kay uchun kurashda ayni damda «Bavariya» etakchilik qilmoqda. Ammo futbolchining yuqori narxi hozircha uning hech qaerga ketmasligini anglatadi. Agar «Bavariya» Havertsni sotib oladigan bo'lsa ham bu katta ehtimol bilan 2021 yilda amalga oshadi.

Yakuniy xulosa: «Bayer»da qoladi.

BestMaster
20 May 2020, 10:30
qaerga, otadi?, pogba, ndombele, obameyang, boshqa, yulduzlar, uchun, tanlov, imkoniyati,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads