Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Holandning "Real"ga transferi kechiktiriladi

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Holand 2022 yilning yoziga qadar «Real»ga o'tmaydi, deya xabar qilmoqda AS nashri.

.
- Yuklab olish

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Holand 2022 yilning yoziga qadar «Real»ga o'tmaydi, deya xabar qilmoqda AS nashri.

Ta'kidlanishicha, nemis klubi rahbariyati futbolchining agenti Mino Rayola bilan kelishuvga erishgan. Unga ko'ra, Holand kelasi mavsum ham «Borussiya» safida qoladi. «Borussiya D» norvegiyalik hujumchini avvalroq ham sotishi mumkin, biroq bu holatda transfer narxi 120 million evroni tashkil qiladi.

Erlingning nemis klubi bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilga qadar mo'ljallangan. 2021 yilning yanvarida Holandning shartnomasida futbolchisi 75 million evro tovon puli evaziga sotib olish mumkinligi haqidagi band faollashadi. Futbolchiga asosiy da'vogar sifatida Madridning «Real» klubi ko'rsatilmoqda.

Holand 2020 yilning yanvarida 20 million evro evaziga «Zaltsburg»dan dortmundliklar safiga kelib qo'shildi. Joriy mavsum 19 yoshli futbolchi Bundesliganing to'qqizta o'yinida qatnashib, 10 gol va ikkita samarali uzatmaga muallif bo'ldi.

BestMaster
19 May 2020, 23:00
holandning, realga, transferi, kechiktiriladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
shoxcr7real
 shoxcr7real  
Bu yomon
19 May 2020, 23:28
ladalkgagmail
 ladalkgagmail  
Albatta yomon tezroq otaqolsa korardik natijalarini.
20 May 2020, 10:47
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads