Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Roberto Karlos: «Ronaldo bilan hatto Neymar, Ronaldu yoki Messilarni taqqoslab bo'lmaydi»

Madridning «Real» klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Roberto Karlos vatandoshi va sobiq jamoadoshi Ronaldo haqida fikr bildirdi.

.
- Yuklab olish

Madridning «Real» klubi va Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisi Roberto Karlos vatandoshi va sobiq jamoadoshi Ronaldo haqida fikr bildirdi.

47 yoshli Karlosning aytishiga qaraganda, uning vatandoshi haqiqiy fenomen bo'lgani, hattoki hozirgi top-futbolchilar bilan taqqoslab bo'lmaydi.

«Ronaldo mashg'ulotlarda ham ajralib turardi. U eng zo'ri edi. Hech qachon boshqa «fenomen» bo'lmaydi. Uni hatto Neymar, Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messilar bilan ham taqqoslab bo'lmaydi. Ronaldo noyob edi. O'ylaymanki, bizning davrimizda gol kiritish qiyin edi. Qolaversa, bizning futbolda ko'proq jismoniy kurashlar bor edi, hujumchilar esa kamroq himoyalangan. Ammo Ronaldo maydonda hamma narsani qilishi mumkin edi.

U «Real»ga o'tgan paytida klubdagi ko'p odamlar biz qanday ajoyib futbolchini qo'lga kiritganimizni tushunishmagandi. Ronaldo o'shanda barchani hayron qoldirgan», - Karlosning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.

Eslatib o'tamiz, Ronaldo ikki karra «Oltin to'p» (1997 va 2002 yillar) sohibi hisoblanadi.

BestMaster
18 May 2020, 23:00
roberto, karlos, «ronaldo, bilan, hatto, neymar, ronaldu, yoki, messilarni, taqqoslab, bolmaydi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads