Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ispaniyaning eng kuchli futbol mintaqasi aniqlandi

Ispaniyaning "Marca" nashri mamlakatning eng kuchli mintaqasini aniqlash maqsadida o'z o'quvchilari o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi.

.
- Yuklab olish

Ispaniyaning "Marca" nashri mamlakatning eng kuchli mintaqasini aniqlash maqsadida o'z o'quvchilari o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi. O'tkazilgan so'rovnomada 250 mingdan ortiq o'quvchi ishtirok etdi.

Natijada Kataloniya mintaqasi g'oliblikni qo'lga kiritgan bo'lsa, ikkinchi o'rinni Madrid egalladi. Andalusiya kuchli uchlikka kirdi. Baskoniya va Galisiya hududlari to'rtinchi va beshinchi o'rinlarni egallashdi.

Bundan tashqari, mintaqalarning eng kuchli futbolchilardan tashkil topgan ramziy terma jamoasi ham e'lon qilindi. Bunda barcha zamonlar hamda ayni paytda o'ynayotgan futbolchilardan alohida jamoalar tuzildi.

Kataloniyaning barcha zamonlardan tuzilgan ramziy jamoasi: Rikardo Samora, Joan Kapdevila, Jerar Pike, Karles Puyol, Karles Reshak, Xavi, Pep Gvardiola, Serxio Buskets, Fransesk Fabregas, Paulino Alkantara, Raul Tamudo.

Kataloniyaning faoliyatini yakunlamagan futbochilardan tuzilgan ramziy jamoasi: Kiko Kasilya, Jordi Alba, Jerar Pike, Mark Bartra, Ektor Belerin, Fransesk Fabregas, Serxio Buskets, Mark Roka, Serxi Roberto, Jerar Deulofeu, Mariano Dias.

Madridning faoliyatini yakunlamagan futbochilardan tuzilgan ramziy jamoasi: Kasilyas, Karvaxal, Nacho, D.Lorente, M.Alonso, Rodrigo, Markos Lorente, Koke, Parexo, Sarabiya, Morata

BestMaster
18 May 2020, 12:30
ispaniyaning, kuchli, futbol, mintaqasi, aniqlandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads