Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Sayyoramizning eng qimmat yarim himoyachilari (top 5)

Stadion.uz (transfermarket portalining yangilangan narxlarini inobatga olgan holda)dunyoning eng qimmat yarim himoyachilari bilan tanishtirib o'tadi.

.
- Yuklab olish

Sayyoramizning eng qimmat yarim himoyachilari (top 5)

Stadion.uz (transfermarket portalining yangilangan narxlarini inobatga olgan holda)dunyoning eng qimmat yarim himoyachilari bilan tanishtirib o'tadi.

Frenki De Yong – 72 million evro

O'tgan mavsumda Frenki EChLning eng yaxshi yarim himoyachisi deb e'tirof etildi. “Ayaks” bilan ko'tarinki mavsumni o'tkazgan futbolchi uchun kurashda “Barselona” osonlik bilan g'alaba qozondi. Bunda futbolchining o'zi Kataloniyada to'p surishni istagani sabab bo'ldi desak, adashmagan bo'lamiz.

Tan olish lozim, Frenki “Barselona” uslubidagi yarim himoyachi. Aniq uzatmalar, tinimsiz harakatdabo'lish va kuchli taktik bilim. Niderlandiyalik futbolchi o'zining birinchi mavsumidayoqIvan Rakitich va Arturo Vidallarni asosiy tarkibdan “siqib chiqarishni” uddaladi.

“Barselona” yaqinda klubda katta transfer siyosatini amalga oshirishni rejalashtirayotganidan xabaringiz bor. Ispan nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, klub Messi, Ter Shtegen va De Yongnigina sotuvga qo'ymaydigan bo'ldi. Ushbu faktdan ko'rinib turibdiki, Frenki tez orada dunyoning eng qimmat yarim himoyachisiga ham ayalanishi mumkin.

Pol Pogba – 80 million evro

Amaldagi JCh g'olibi “Yuventus”da ko'rsatgan o'yinlarini tumanli albionda chinakamiga “yo'qotib” qo'ygani hech kimga sir emas.

Afsuski, Pol so'nggi 2 mavsum davomida Britaniya nashrlari nishonida turibdi. Uning har bir yangi soch turmagi, mashinasi va sotib olayotgan ko'chmas mulklari omma tomonidan keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Qaysidir ma'noda, muxlislarni ham tushunush mumkin. Ular Pogbaning 100 million evaziga sotib olinishi, “qizil iblislar”ning barcha muammolarni yopib yuborishini kutishgan edi. Aslida barchasi o'zgacha ko'rinish oldi. Faoliyatidagi omadsiz mavsumlarga qaramay, Polning transfermarketdagi narxida pasayish kuzatilmayapti. Bunga asosiy omil Mino Rayolaning mehnati va uning Rossiyadagi mundialda g'olib chiqqani. Yana bir qiziq fakt. Ayni damda, Pol sayyoramizdagi barcha yarim himoyachilardan ko'p maosh oluvchi futbolchi sanaladi.

Ngolo Kante – 80 million evro

Pol Pogbadan farqli o'laroq, Ngoloning ishlari kundan-kun yaxshilanib bormoqda. Bir necha mavsumlar ilgari Frantsiyaning quyi dvizionlarida to'p tepib yurgan unversitet talabasi uchun bugun grandlar 80 million evro to'lashga tayyor.

Avvaliga tayanch zonasidagi ishonchli harakatlari bilan omma e'tiboriga tushgan qahramonimiz “Chelsi”da o'z pozitsiyasini o'zgartirdi. Endilikda u hujumda ko'proq ko'rinish bermoqda. Quvonarlisi shundaki, bunday kardinal o'zgarish uning o'yin sifatiga ta'sir ko'rsatgani yo'q. Aksicha, Ngoloning maydondagi effekti oshdi. Bu esa, o'z-o'zidan transfer qiymatiga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi.

Kante 29 yoshni qarshi olganiga qaramay, bugun futbol olamidagi eng ishonchli va qimmat yarim himoyachilardan biri bo'lib turibdi.

Kay Xaverts («Bayer») — 81 million evro

Kay “Bayer” jamoasi tarixidagi eng yosh debyut qilganlardan. 17 yoshida ilk uchrashuvini o'tkazgan futbolchi bugun jamoaning tom ma'nodagi etakchisiga aylanib ulgurdi. Endigina 20 yoshni qarshi olganiga qaramay, uning hisobida (Bundesligada) 30 ta gol va 21 ta assist mavjud.

Aynan uning tezkorligi va maydonni yaxshi ko'ra olishi sababli “Bayer” keskin qarshi hujumlarga tayangan futbol namoyish etmoqda. Yosh, chaqqon va kelajagi porloq Kay bejizga “Liverpul” va “Chelsi” singari grandlar nazariga tushmagan. Turli taniqli nashrlar aynan uni kelajakdagi eng yaxshi yarim himoyachi deb atashmoqda. Transfermarket nashri butun dunyodagi korona-tanaffus sababli narxlarni biroz pasaytirdi. Shunga qaramay, bu omil Kay Xavertsga ta'sir ko'rsatmadi. Agar qahramonimiz faoliyatini davom ettirish uchun kuchli klub tanlashda adashmasa, yaqin yillar ichida uning transfer qiymati 150 million evroni tashkil etishi ham hech gap emas. Bu shunchaki boshlanishi xolos.

Kevin de Bryuyne – 120 million evro

Kevinni zamonaviy futbolning nafaqat eng qimmat, balki eng foydali yarim himoyachisi deb ham atashimiz mumkin. O'zining universalligi bois, maydon markazining istalgan nuqtasida harakat qilishga qodir belgiyalik futbolchi Gvardiola qo'l ostida chinakamiga ochilishga muvaffaq bo'ldi.

“Manchester Siti”ning APLdagi zafarlaridan so'ng, Kevin sayyoramizning eng qimmat yarim himoyachisi unvoniga ega chiqdi. “Shaharliklar” muxlislari Kevinni klub tarixidagi eng yaxshi 10 ta transferdan biri sifatida hurmat qiladi. “Manchester Siti” Belgiya terma jamoasi sardoriga bo'lgan hurmat sababli uni kuch bilan jamoada olib qolmoqchi emas. Agar “Man. Siti”ga UEFA tomonidan qo'yilgan ayblovlar o'z tasdig'ini topsa, jamoa Kevinni o'zi istagan klubga qo'yib yuborishga va'da berdi. Bunday kalibrdagi ijrochini qo'yib yuborish oson emas, biroq “shaharliklar” uning klub uchun ko'rsatgan xizmatlarini qadrlashini shu yo'sinda izhorqilmoqchi. Balki futbolchi klub bilan oxirigacha qolar, balki yozda Kevinni boshqa klub libosida ko'rarmiz. Hozircha Kevin de Bryuyne futbol olamidagi eng qimmat yarim himoyachi. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

BestMaster
17 May 2020, 16:30
sayyoramizning, qimmat, yarim, himoyachilari,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads