Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Kellini: “Ramos finalda Salohni “sindirish”ni “alo” darajada bajargandi”

“Yuventus” himoyachisi Jorjio Kellini Serxio Ramosning ECHL-2018 final uchrashuvidagi harakatlari haqida gairdi.

.
- Yuklab olish

O'sha bellashuvda madridliklar himoyachisi Serxio Ramos “Liverpul” etakchisiga jarohat etkazib, uni “zararsizlantirgandi”.

“Ramos – dunyoning eng yaxshi himoyachisi. Aytishlaricha, u yuqori impulsda to'p tepadi, bazan murabbiyning taktik ko'rsatmalaridan chiqib ketadi va mavsum davomida 8-10 ta gol aynan uning xatosidan keyin “Real” darvozasidan joy oladi. U texikasi yuqori futbolchi, hujumchilarga xos xislatlarga ega. U butunlay mening aksim.

U hech kimda uchramaydigan ikkita jihatga ega. Katta o'yinlarda hal qiluvchi rollarni o'ynay oladi. Uning harakatlari mantiqqa asoslanadi va har qanday raqibni iblisona qitmirlik bilan “safdan chiqaradi”, yani jarohatlay oladi. U aynan shunday ishni ECHL finalida Salahga nisbatan amalga oshirgandi. Bunday jarohat etkazish oson  va hamma uddalaydigan ish emas. Uning o'zi o'sha holatni izohlay turib, bu tasodifan ruy berganligini bir necha bor takidlagan.  Ammo o'shanday vaziyatlarda erga yiqilayotgan futbolchi raqib futbolchisini ham qo'yib yubormasdan, maydonga qulashi – bu 10 ta holatning 10 tasida ham raqibga jarohat etkazish ehtimolini oshiradi” deya qayd etgan Kellini o'zining  avtobiografik asarida.

ECHL-2018 finalida “Real” “Liverpul”ni 3:1hisobida taslim etgan.

BestMaster
17 May 2020, 09:45
kellini, “ramos, finalda, salohni, “sindirish”ni, “alo”, darajada, bajargandi”,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads