Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Alisher Nikimbaev: "Maksim SHackix bir hafta ichida Bangladesh, "Real Madrid" va BAAga qarshi maydonga tushgandi"

Kecha muxlislar etiboriga havola etilgan “Tezkor Studiya”ning navbatdagi sonida Maksim SHackix va Vitaliy Denisov, Alisher Nikimbaevlar mehmon bo'lishdi.

.
- Yuklab olish

Qiziqarli kechgan jonli efir davomida Alisher Nikimbaev 1999 yil O'zbekiston terma jamoasi va “Dinamo Kiev” orasida qiyin vaziyatga tushib qolgan SHackix haqida fikrini bildirdi.“Adashmasam 1999 yilning oxirlari edi. O'zbekiston terma jamoasi BAAdagi Osiyo kubogiga saralash bahslarida, kievliklar esa CHempionlar Ligasida ishtirok etayotgandi. SHackix termaga ixtiyoriga etib kelgan va Bangladesh bilan o'yinda gol urgandi. Ushbu o'yindan so'ng esa darhol samolyotda Kievga uchib ketgandi. Terma jamoa azolari bilan birga CHempionlar Ligasi doirasidagi “Dinamo Kiev” - “Real Madrid” jamoalari o'rtasidagi o'yinni televizorda jonli tomosha qilgandik. Maksim o'sha o'yinda maydonga tushgan va yana Abu-Dabiga qaytib kelgandi. BAA bilan hal qiluvchi o'yinda aynan SHackix gol urgan va o'shanda biz qita kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritgandik”,- deb esladi Alisher Nikimbaev.Malumot uchun, 1999 yil Bangladesh bilan o'yin 21 noyabrda, "Dinamo Kiev" - "Real Madrid" uchrashuvi 24 noyabr kuni Kievda bo'lib o'tgan, BAAga qarshi bahs esa 27 noyabr kuni o'tkazilgandi.

Quyida kechagi "Tezkor studiya"ni tomosha qilish mumkin: 

BestMaster
16 May 2020, 17:00
alisher, nikimbaev, maksim, shackix, hafta, ichida, bangladesh, real, madrid, baaga, qarshi, maydonga, tushgandi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads