Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Yangi reyting: Messi bir, Ronaldu uchinchi o'rinda

GiveMeSport sayti Evropa chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi hujumchilar reytingini e'lon qildi.

.
- Yuklab olish

GiveMeSport sayti Evropa chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi hujumchilar reytingini e'lon qildi. Unda futbolchilarning musobaqada o'tkazgan o'yinlari va urgan gollari nisbati inobatga olindi.

Birinchi o'rinni «Barselona» hujumchisi Lionel Messi egalladi. Argentinalik futbolchi 141ta o'yinda ishtirok etib, 114ta gol urgan. Bitta o'yinda o'rtacha gollar soni — 0,81.

Ushbu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi pog'ona «Manchester Yunayted» va «Real» klublari sobiq hujumchisi Ruud Van Nistelroyga tegishli bo'ldi — 0,77 gol/o'yin. Niderlandiyalik forvard 73ta o'yinda 56ta to'p kiritgan.

Uchinchi o'rinni esa musobaqa tarixidagi eng yaxshi to'purar Krishtianu Ronaldu egalladi. «Yuventus» hujumchisi turnir doirasida 169ta uchrashuvda maydonga tushib, 128ta gol urgan. Uning bitta bahsda urgan o'rtacha gollari soni — 0,76 gol.

Kuchli beshlikka Robert Levandovski («Bavariya», 0,74) va Neymar («PSJ», 0,61) kuchli beshlikka kirishdi.

EChLdagi eng yaxshi hujumchilar reytingi (top-10):

1. Lionel Messi («Barselona») — 114 gol/141 o'yin (0,81 gol)
2. Rud van Nistelroy («Manchester Yunayted» va «Real») — 56/73 (0,77)
3. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 128/169 (0,76)
4. Robert Levandovski («Bavariya») — 64/86 (0,74)
5. Neymar («PSJ») — 35/57 (0,61)
6. Filippo Indzagi («Yuventus» va «Milan») — 46/81 (0,57)
7. Edinson Kavani («PSJ») — 35/62 (0,56)
8. Serxio Aguero («Manchester Siti») — 39/71 (0,55)
9. Karim Benzema («Real») — 64/119 (0,54)
10. Raul («Real») — 71/142 (0,5).

BestMaster
12 May 2020, 11:00
yangi, reyting, messi, ronaldu, uchinchi, orinda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 massari  
Qayerdan oldi
12 May 2020, 11:04
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads