Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidov maqolasi: "El Loko"

Bu kun dunyoning bugungi kundagi eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri braziliyalik Marselo tug'ilgan kun. 

.
- Yuklab olish

Bu kun dunyoning bugungi kundagi eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri braziliyalik Marselo tug'ilgan kun. 1988 yili tug'ilgan, demakki, 32ni qoralab qo'ydi. Otasi o't o'chiruvchi bo'lgan, onasi o'qituvchi. Futzalda boshlagan to'p bilan o'ynashni. Sal katta bo'lib, katta futbolga o'tgach, majburlikdan futbolni tashlashiga to'g'ri keldi. Fluminense bilan uyi o'rtasidagi yo'lga pul topilmagan. Qashshoqqina oila a'zosi edi, nachora. Bu hodisadan xabar topgan Fluminense rahbarlari shu harajatni o'z zimmasiga oladi va Marselo yana qatnay boshlaydi. Jahon futboli kimdan ayrilib qolardi, tasavvur qilyapsizmi?

Birinchi maoshini – 100 braziliya realni bobosiga olib kelib bergan.

Maradona braziliyalik himoyachini o'zi ko'rgan himoyachilar ichidagi eng zo'ri deb ta'riflagan. Krishtianu esa, hazil aralash “Diego Pepe bilan videoo'yinlarni o'ynamaganda, bu fikridan qaytardi” degan. Aslida Ronaldu va Marselo Realdagi eng yaqin do'stlar. Golli vaziyatlarda ham seziladi. Hatto Krish jamoani tark etgach, braziliyalik vingerning o'yini orqaga ketgani, nimadir etishmayotganini aytganidan ham bilsa bo'ladi. Yuventus ijrosidagi o'yinlarni kuzatsak, Turinga ham Marselo kerakdek. Marselo Madridga Gonsalo Iguain bilan bir kunda kelgan. O'zining aytishicha, oxirgi o'ynaydigan klubi Botafago bo'ladi. Klubning ashaddiy muxlisi hisoblanadi. Yaqin qoldi shekilli ketishi.

Realdagi laqabi “El Loko”, ma'nosi quturgan. Telba desa ham bo'ladi. O'yinidan kelib chiqib aytilgan, albatta. Hayotda juda quvnoqligi hammaga ma'lum. Ko'pgina ekspertlarning tadqiqotiga ko'ra, Marselo so'nggi yigirma yillikning eng texnikasi kuchli laterali. Ayniqsa, pressingdan chiqishda uning harakatlari benazirdir. Marseloning harakatlarini ko'pchilik Roberto Karlosga o'xshash deyishadiyu, aslida zamonaviy futbolda qahramonimizning harakatlari ustundek seziladi. Karlos zarbasi bilan ko'p aybini yopib yuborgan bo'lsa, Marselo raqib tomoniga borib kutilmagan kombinatsiyalar uyushtirishi bilan himoyadagi xatolarini unuttiradi. Shu tomoni juda o'xshash. Ammo xatolar borasida Roberto Karlosda ko'proq kuzatilgan.

Marseloning shu darajaga chiqishiga braziliyalik vatandoshi sababchi. Karlos Marseloni yangi mamlakatga ko'nikishi uchun ko'p xizmat qilgan.

Shuningdek, shu qanotga qaytargan Mourinoning ham yordamini esdan chiqarmasligimiz kerak. 2010/11 yilgi mavsum ishonchni yuz foizga oqlagan Marselo keyinchalik bu joyni o'ziniki qilib oldi. Aynan o'sha mavsum Ronaldu va Messidan keyingi eng kuchli futbolchi Marselo degandi Maradona.

Ana shu ajoyib lateryal hozirda eski formasida emas. Ammo Zidanning uch marta qatorasiga EChL kubogini qo'lga kiritayotgan davrida eng barqaror o'yinchi ko'p ehtimol Marselo edi. Munosib faoliyat, munosib natijalar...

BestMaster
12 May 2020, 09:00
xayrulla, hamidov, maqolasi, loko,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads