Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Azarning do'sti, Van der Sarning shogirdi»

Bu kun yana bir ajoyib futbolchi tavallud ayyomini o'tkazadi.

.
- Yuklab olish

Bu kun yana bir ajoyib futbolchi tavallud ayyomini o'tkazadi. Tibo Kurtua. Ayni paytda "Real Madrid" darvozasini qo'riqlayotgan kiper yoshligida ota-onasining qistovi bilan voleybolga qatnashgan. Yarim professional darajada o'ynagan insonlar farzandini ayni shu sport turida kamol topishini istashgan. Ammo bilishmaganki, ayni shu harakatlari bilan dunyoga ajoyib bir futbol posbonini tarbiya qilib berishayotganini. Opachasi Valeri Kurtua Belgiya terma jamoasi a'zosi, har holda bir farzandida ota-ona orzusi kamolini ko'rishgan.

Tibo Kurtuaning “Genk” tarkibida maydonga tushishi ham tasodif tufayli bo'lgan. O'zidan oldingi uch posbon bir paytning o'zida jarohat olishadi va murabbiy 16 yoshli tajribasiz yigitchani qo'yishdan boshqa iloj topolmaydi. O'sha payti qahramonimiz chap qanot himoyachisi sifatida o'ynardi.

Keyingi faoliyatida ham belgiyalik darvozabon shunaqa vaziyatlar omadida yashagan. "Chelsi" umidli kiperni sotib olganida, Petr Chex o'ynayotgani uchun "Atletiko"ga ijaraga berishadi va Madriddan 3 yil ichida asosiy posbon bo'lib qaytadi.  Kurtua sharofatiga Belgiya lug'atida “Tiboing” so'zi paydo bo'ladi. Vatanida bu qadar mashhur bo'lib ketishiga sabab – "Atletiko"dagi fantastik ishtiroki. Simeoni ikki yil Kurtuani olib qolishga muvaffaq bo'lgan, natijada uch mavsum Ispaniyada o'ynagan kiper 111 o'yinda qatnashib, 94 gol o'tkazgan natijasi bilan Londonga qaytdi. Ammo Angliyaga kelar ekan, muxlislariga: “Men baribir Madridga qaytaman!” deb va'da bergandi. Qaytdi. Ammo "Atletiko"ning ashaddiy raqibi tomoniga.

Yana bir gapi mashhur uning: “Azar – mening chin do'stim. Qaerga borsam uni olib ketaman”. Bu gapni qay ma'noda aytgan bilmadimu, biroq, hozirda voqelikka juda mos tushib turibdi.

Yana qiziq faktlardan aytadigan bo'lsak, unga eng ko'p gol urgan futbolchi Krishtianu Ronaldudir. 9 o'yinda 10 gol. Krishdan qutulish uchun kelgandim, u ham ketib qoldi, deb kulib qo'ygan. Ingliz, frantsuz, golland va ispan tillarini yaxshi biladi. O'z uslubini Edvin Van der Sarga o'xshashligini aytadi. Doimo unga taqlid qilgan.

Ana shu posbon bugungi kunda Qirollik klubida faoliyat olib boryapti. Zidanning aytishicha, u eng yaxshi kiper. Oxirigacha ishonganining sababi ham shundan. 28 ga kirdi. Istiqboli yaxshi. Ko'ramiz, frantsiyalik murabbiy Navasni almashtirgani borasidagi fikrida haq bo'lib chiqarmikan?!

Xayrulla Hamidov.

BestMaster
11 May 2020, 11:00
xayrulla, hamidov, maqolasi, «azarning, dosti, sarning, shogirdi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads