Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Keylor Navas: "Kelajakni o'ylab, siqilish befoyda"

Kosta-Rika terma jamoasi va «Real» klubi darvozaboni Keylor Navas mavsumoldi tayyorgarligi boshlanishi oldidan Marca nashriga maxsus intervyu berdi. 

.
- Yuklab olish

Kosta-Rika terma jamoasi va «Real» klubi darvozaboni Keylor Navas mavsumoldi tayyorgarligi boshlanishi oldidan Marca nashriga maxsus intervyu berdi. U suhbat chog'i xususan, avvalgi mavsum yakunlariga to'xtaldi va bo'lajak chempionat ham jamoasi uchun omadli kelishiga ishonch bildirdi.

- Yana bir necha kundan so'ng yangi mavsumga qaratilgan tayyorgarlik jarayoni boshlanadi. Keylor Navas ortga boqib, chempionlik va duodesima (ChLdagi 12-g'alaba) haqida o'ylayaptimi yoki kelajakka qarayapti?

- ChLdagi zafarni keragidan ortiq darajada nishonladik. Oldinda muhim tayyorgarliklar bosqichi kutib turibdi. Bu vaqtda maksimal kuch bilan ishlash talab etiladi. Zero, «Real» futbolchilari hamisha barcha musobaqalarda g'alaba qozonish haqida bosh qotirishlari kerak: La-liga, Chempionlar Ligasi, «Qirol kubogi»... Xullas, hammasini o'zimizniki qilishni istaymiz. Umidvormanki, yangi mavsum finishida ham xuddi bu yildagidek bayram uyushtirishga asos yarata olamiz.

- Umuman, tayyorgarliklarni qanday kayfiyatda boshlaysiz?

- Baxtliman va barchasi a'lo darajada. Yuguryapman, mashq qilyapman - bir joyda to'xtab qolish yo'q. Bu yil mavsum tayyorgarligini jamoa bilan birga o'tkazishim muhim. Chunonchi, avvalgi mavsum arafasida menda bunday imkoniyat yo'q edi.

- Nima, o'tgan mavsum qiynaldingizmi?

- Ha, ayniqsa davolanish payti. Jarohatim og'ir edi va u mening ruhiy holatimga salbiy ta'sir qildi. Keyin nimalar bilandir kurashishimga to'g'ri keldi. Ammo hozir faqat yaxshi onlarni eslashni istayman. Ya'ni mavsum oxiridagi holatimizni.

- Qanchalik ishonchli harakatlanishingizga qaramay, de Xea yoki Donnarummaning «Real»ga kelishi haqidagi gap-so'zlar tinmayapti. Bu boradagi xabarlarni eshitganda, qanday holatga tushasiz?

- To'g'risi, bu masalada mutlaqo xotirjamman. O'z ishimni bajarsam, bas. Har qanday holatda ham, asosiy tarkibdagi o'rin uchun jiddiy kurash olib borishimga to'g'ri kelishini yaxshi bilaman. Shunday ekan, mish-mishlarga  e'tibor qaratish o'rniga jamoa g'alabalari haqida o'ylaganim ma'qulroq. Aslida kelajak haqida qayg'urib, siqilishdan ma'no yo'q. Chunki taqdiring qanday kechishi faqat Yaratganga ayon. Misol uchun, biz sutkaga loaqal bir daqiqa ham qo'sholmaymiz. Xullas, ta'tilni oilam, do'stlarim bilan o'z yurtimda xotirjam o'tkazdim. Boshqa tomondan, yangi mavsum haqida o'ylash uchun hali vaqt ham bor. Hozir shunchaki, rohatlanishni istayman. Vaqti kelsa, o'z ishimga doimgidek katta kuch sarflayman. Jamoada 2 nafar yaqin do'stim bor - darvozabonlar. Ularga hamisha hurmat nazari bilan qarayman. Biroq ayni payt bu yigitlar bilan asosiy tarkib uchun ayovsiz kurashishim kerak. Qisqasi, har qanday raqobatchiga oxirigacha keskin kurash taqdim eta olaman. Shuningdek, asosiy tarkibda maydonga tushish huquqini shunchaki, sovg'a qilishlarini sira kutmayman, bu haqda so'ramayman ham. Chunki buning keragi yo'q. Asosiy aqidamga ko'ra, barchasiga o'z mehnatim bilan erishishim shart.

Blits-so'rov

- Garajingizda nechta mashina bor?

- 4ta. 2tasini klub bergan, yana 2tasini o'zim sotib olganman.

- Whatsapp tarmog'idagi statusingiz...?

- Bilmadim. Ko'rsam maylimi, bo'ladimi? «Yaxshi damlar hamisha keladi»

- Oxirgi marta qachon yig'lagansiz?

- Yig'lash? Nima uchun? Xursandchilikdanmi yoki qayg'udan? 6 oy burun ko'z yoshi to'kkandim, adashmasam. O'shanda ishlarim ko'ngildagidek emasdi.

- Agar futbol o'yini bo'lmaganida, Navas nima bilan shug'ullanardi?

- Bilmadimu, ammo hamisha reklama mutaxassisi yoki kompaniya asoschisi bo'lishni istaganman. Buning uchun o'qish kerak. Futboldan ketgach, o'zimni shu sohalarga urishim mumkin. Barchasi shunga qarab ketyapti.

- ChL kubogini qaerda yutishni istardingiz?

- «Bernabeu»da.

- Despacito qo'shig'i yoqtirasizmi yoki aksincha, yomon ko'rasiz?

- Ko'p raqsga tushaman. Agar ayolim yonimda bo'lsa, aynan shu qo'shiqni qo'yib, birga o'ynaymiz.

- Kiyinish xonasidagi eng yaxshi laqab?

- Eslolmayman. Bunday narsalar xuddi sevimli qo'shig'imni aytish esdan chiqqandek, xayolga kelmaydi. Umuman, laqablarim ko'p. Ulardan biri - «Mae». Kosta-Rikada do'stlarga shunday murojaat qilishadi.

- Pike haqida qanday fikrdasiz?

- Ajoyib futbolchi. Jahon miqyosida eng kuchli markaziy himoyachilardan biri. Unga faqat futbol nuqtai nazaridan baho berishim mumkin. Lekin qanday shaxsligini bilmayman.

- Oxirgi marta nima xarid qildingiz?

- Poyafzal. Menga tennis kedalari yoqadi.

- Zidanni bitta ibora yordamida ta'riflay olasizmi?

- Sehrgar.

- Bolaligingizdagi eng yomon qilig'ingiz nima?

- Bir marta mashina oynasini sindirganman. O'rtoqlarim bilan ko'chada o'ynayotgandim, shunda o'tib ketayotgan mashinalarga tosh otish fikri tug'ilgan. Qarangki, aynan men otgan tosh mashina oynasiga tekkan.

- «Real» uchun Messini xarid qilgan bo'larmidingiz?

- U ajoyib futbolchi. Lekin jamoadoshlarim ham chakki emaslar. Shunday ekan, xarid qilmasdim.

BestMaster
20 Iyul 2017, 11:30
keylor, navas, kelajakni, oylab, siqilish, befoyda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads