Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidov maqolasi: «9 may»

To'qqizinchi may kuni germaniyalik afsonaviy shaxs tug'ilgan kunini nishonlashi biroz g'alati bo'lsa ham, pasport ma'lumotiga to'xtalib o'tmasak bo'lmaydi.

.
- Yuklab olish

To'qqizinchi may kuni germaniyalik afsonaviy shaxs tug'ilgan kunini nishonlashi biroz g'alati bo'lsa ham, pasport ma'lumotiga to'xtalib o'tmasak bo'lmaydi. Yupp Xaynkes. Tag'in qaysi to'qqizinchi may deng. 1945 yilning shu kuni. Mamlakati taslim etilgan kun.

Yupp Xaynkes shu kuni tug'ilgani uchun balki faqat g'oliblik ruhida yashagandir. Futbolchiligida ham, murabbiyligida ham. Yosh avlod uning “Bavariya”dagi olamshumul g'alabalarini biladi. Ammo bu qariya maydonda to'p tepgan davrlari ham chakana emasdi. Germaniyada to'rt karra chempion, terma jamoasi bilan 1974 yilgi jahon chempioni, 1972 yilgi Evro g'olibi. Ayting, bir futbolchiga etarli emasmi?  

Mayli, murabbiyligi xususida gaplasha qolaylik. Yupp Xaynkesni nemis futbolining bayroqdori deb bilsak-da, "Real" muxlislari tomonidan boshqacha ardoqlanadi. Bilasizmi nega? Sababi, u Bilbaoda o'z qobiliyatini namoyish etgach, to'qsoninchi yillar oxirida qirollik klubiga bosh etib tayinlanadi va... 32 yillik tanaffusdan so'ng qaymoqranglilarni Evropa taxtiga olib chiqadi. To'g'ri, o'sha mavsum murabbiy la ligada to'rtinchi o'rinni egallagani uchun rahbariyat tomonidan qattiq tanqidlarga uchragan, hatto shu natija uchun ketkazilgan ham. Ammo tarixan Myatovich, Illgner, Roberto Karlos, Shuker, Yerro, Zeedorf, Raul, Karambyo, Redondo va Savio kabi yulduzlar jamlangan klubning kelajagini ta'minlovchi kubokni olib bergani bilan eslanaveradi.

"Real" EChLda aynan shu g'olibligidan so'ng o'ziga kelgan va hozirgacha peshqadamligi davom etib kelmoqda.

Xaynkesning ikkinchi katta ishi, 2013 yilgi Bavariya o'yini. Dahshatli "Bavariya" deb ta'rif olgan klub keyinchalik Germaniya terma jamoasining mundial g'olibi bo'lishida ham o'z xizmatini ko'rsatdi. Xaynkes yil murabbiyiga aylandi. Klopp va Fergyusonni ortda qoldirib. Keyin ketdi. Futboldan g'olib bo'lib. G'alaba kunida tug'ilgan Xaynkesning natijalari endi xotira kunlariga aylandi.

Xayrulla Hamidov

BestMaster
9 May 2020, 09:00
xayrulla, hamidov, maqolasi, may»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads