Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xavi: «Barselona» uxlab qoldi, «Real» har tomonlama o'tib ketdi»

«Barselona» klubi sobiq yarim himoyachisi, hozirda Qatarning «As-Sadd» jamoasida o'ynayotgan Xavi nima uchun «Real» kataloniyaliklarni ortda qoldirayotgani borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

.
- Yuklab olish

«Barselona» klubi sobiq yarim himoyachisi, hozirda Qatarning «As-Sadd» jamoasida o'ynayotgan Xavi nima uchun «Real» kataloniyaliklarni ortda qoldirayotgani borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Sodda qilib aytganda, «Barselona» uxlab qoldi. Jamoa o'z akademiyasi va o'yin uslubini takomillashtirishi lozim. Yosh futbolchilar bosh jamoaga qo'shilishdan oldin klub falsafasiga mos o'yin uslubida o'ynashni o'rganishlari lozim.

«Real» juda yaxshi xaridlarni amalga oshirdi. Hozirda madridliklar o'yinning har bir jihati — qarshi hujum, pozitsion hujum, to'p nazorati va hujumdan himoyachga o'tishda hukmronlik qilishmoqda. Raqib jamoa safida tezkor va kuchli futbolchilar yig'ilgan. Ular esa Zidanga ishonishadi.

«Barselona» Valverdega ishongani menga yoqmoqda. U bu ishga tayyor, katta tajribaga ega, jamoa bilan yaxshi tanish. Shu bois, u "Barsa"ni yaxshi boshqarishi kerak. Uning jamoaga qaytishi, klub avvalgi o'yin uslubiga qaytadi deganidir», — dedi Xavi.

So'nggi 4 mavsumda «Real» 3 marta Chempionlar ligasida (2014, 2016, 2017), bir marta Ispaniya chempionati va bir marta Ispaniya kubogida g'olib chiqdi (2017). Bu vaqt davomida «Barselona» bir marta EChL (2015), 2 marta La liga (2015, 2016) va 3 marta Ispaniya kubogi g'olibligini qo'lga kiritdi.

BestMaster
20 Iyul 2017, 10:40
«barselona», uxlab, qoldi, «real», tomonlama, otib, ketdi»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 3
 realfc  
Barsa afsonasi Xavi Real to'g'risida to'g'ri gapirdi Zidanga va Realga omat
20 Iyul 2017, 10:58
 shox!  
Odam tan olishni bilishi kerak malades Xavi
20 Iyul 2017, 11:28
 realfk  
Barsa uxlab qolmadi, shunchaki real fantastik formada!
21 Iyul 2017, 07:06
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads