Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Inqilobchi"

Navbatdagi qahramonimiz Luis Enrike. 1970 yili Xixon shahrida tug'ilgan noyob iste'dod sohibi shahari klubida o'zini ko'rsatgach Madridning "Real" jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzolaydi va darhol asosiy tarkib o'yinchisiga aylanadi.

.
- Yuklab olish

Navbatdagi qahramonimiz Luis Enrike. 1970 yili Xixon shahrida tug'ilgan noyob iste'dod sohibi shahari klubida o'zini ko'rsatgach Madridning "Real" jamoasi bilan besh yillik shartnoma imzolaydi va darhol asosiy tarkib o'yinchisiga aylanadi. Ammo Luis besh yil davomida e'tiroz bilan yashadi.

Enrikening yaxshi xususiyati bor edi – markaziy himoyadan boshqa barcha ampluda o'ynay olardi. Bunaqa noyob yigitdan "Real" murabbiylari asosan bo'sh zonalarni yopishda foydalanardilar. Enrikega bu hol yoqmasdi. Bir joyga moslashishiga xalaqit berardi chunki. Oxiri Madrid klubi bilan shartnomasini cho'zdirmadi. Erkin agent sifatida qirollik klubining azaliy raqibi – "Barselona" tomonga yo'l oldi.

Tabiiyki, Madridda uning nomi "xoin"ga chiqdi. Shu bois, kataloniyalik muxlislar ham boshida Luisga nisbatan ehtiyotkorroq turishdi. Ammo Enrike katalonlar safida o'zining eng yaxshi jihatlarini ocha oldi. Braziliyalik Ronaldo bilan ajoyib tandemga aylandi va ikkinchi mavsumida 25 goli bilan to'purar bo'ldi. Eng dahshati – mavsumning oxirgi o'yinida Santyagoda Real darvozasiga to'p kiritib, "Barsa"ning oltin dubl egasi bo'lishini ta'minladi.

Gvardiola jamoadan ketgach, 2001 yili sardorlik bog'ichi Enrikega o'tdi. 34 yoshida yuqori darajada o'ynay olmayotganini his qilgach, Puyolga bog'ichni topshirib, futbol bilan xayrlashdi.

Luis Enrike nomi "Barselona" bilan qo'shib aytilganida, futbolchilik faoliyatidan ko'ra murabbiyligi ko'proq eslanadi. Kataloniya klubiga u "Roma"dagi muvaffaqiyatsiz mavsumlaridan so'ng kelgan, bu sohada hech narsa qila olmaydigandek edi. U yana vaqtida kelgandi. Messi-Neymar-Suares uchligining shakllanishi Enrike erasiga zamin hozirladi. Oltin trebl va PSJ bilan o'sha mashhur kambek Enrike siymosi bilan eslanadi.

Hozirda terma jamoa bosh murabbiyi. Undan vaqtincha ketib yana qaytdi. Evro-2020da qizil furiya bilan katta natijalar kutishi taxmin qilingandi. Bu rejasi bir yilga surildi. Sababini bilasiz.

BestMaster
8 May 2020, 09:30
xayrulla, hamidov, maqolasi, inqilobchi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads