Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Barselona» o'zi uchun Ronaldu bilan birgao'ynayotgan yangi Xavi topdi

.
- Yuklab olish

“Yuventus” jamoasi yarim himoyachisi Miralem Pyanich yozda “Barselona” futbolchisiga aylanishi mumkin. Kataloniya klubi allaqachon bosniyalik futbolchi borasida muzokaralarni boshlab yuborgan.

So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, 30 yoshli futbolchini qo'lga kiritish uchun “Barselona” Arturni taklif etishga qaror qilgan. Kataloniyaliklar 24 yoshli braziliyalik futbolchining “Kamp-Nou”da qolishga intilayotganiga qaramay Pyanichga ayirboshlashga tayyor. Boz ustiga, Sarri ham u qadar tezkor bo'lmagan Pyanichni chaqqon Artur bilan almashtirishga rozi.

Yaqindagina Ispaniyaning «AS» nashri yaqindagina “Pyanich uchun so'nggi poezd” nomli maqolada uning “Barselona”ga o'tishi mumkinligi borasida fikr yuritgan. Unga ko'ra, Pyanich “ko'k-anorranglilar” uchun ideal futbolchi deb e'tirof etilgan. Shunindek, «AS» nashri jurnalistlarining fikricha, yaqinda 31 yoshni qarshi oluvchi Pyanich “Barselona”ning o'yin uslubiga ortiqcha qiyinchiliksiz moslashib ketadi. Boz ustiga, uning maydon markazidagi erkin to'p surishi kamida 3 yo 4ta top darajadagi mavsumlarni o'tkazish uchun imkoniyat yaratib berarishi mumkin ekan. Eng qizig'i shundaki, Pyanichning “Barsa” nishonida turgani haqida yana bir taniqli nashri – «Marca» ham o'z qarashlari bilan o'rtoqlashdi. Manbada yozilishicha, Pyanichning ikkita oyoqda ham yaxshi o'ynay olishi va uzoq muddatdan beri yuqori darajada to'p surayotgani murabbiylar shtabini hayratda qoldirmoqda. Ayni damda, Kike Setenning qo'l ostidagi birorta yarim himoyachi Pyanichning darajasida emas, deb yozmoqda «Marca» nashri. Shuningdek, nashr jurnalistlari kelasi mavsumda Buskets, De Yong va Pyanich uchligi maydon markazida ko'rinish berishini taxmin qilishmoqda.

Aslida, bosniyalik futbolchi “Roma” safida to'p surib yurgan chog'lariyoq pleymeykerlik mahoratini barchaga ko'rsatib qo'ygan edi. O'zining Italiyadagi debyut mavsumida 9 ta assist va 3 ta golga mualliflik qilgan yarim himoyachi “Yuventus” nishoniga tushib qoladi. Oqibatda, Turinliklar 32 million evro evaziga Miralemni o'z safiga qo'shib oladi. E'tiborlisi shundaki, qahramonimiz Italiyada 9 yildan beri to'p surib kelayotgan bo'lsada, biror marotaba jarohati tufayli birin-ketin ikkita uchrashuvni o'tkazib yubormagan ekan. Soddaroq qilib aytganda, Pyanich hech qachon 10 kundan ortiqmuddatga safdan chiqmagan. Bundan tashqari, Pyanich standartlarni ijro etish borasida ham benazir futbolchi. Bu Kataloniya jamoasiga qo'l kelishi mumkin bo'lgan kichik detallardan biri xolos.

Eng ajablanarlisi shundaki, 2016-yilda Pyanich uchun nafaqat “Yuventus” balki, “Barselona” ham kurash olib borgan ekan. “Barsa”da ish boshlagan Luis Enrike avvalroq Pyanich bilan “Roma”da faoliyat olib borgani uchun ham uni jamoaga olib kelishni klubdan iltimos qilgan edi. Achinarlisi shundaki, o'sha davrda klub Pyanichdan ko'ra, Andre Gomeshni foydaliroq transfer deb taxmin qiladi va portugaliyalik futbolchini Kataloniya olib keladi. Oqibatda, Gomesh 21 asrdagi klub amalga oshirgan eng yomon transferlardan biri sifatida tarixga kirdi xolos. Bosniyalik futbolchi so'nggi ikki yildan beri Ronaldu bilan bir jamoada to'p surib kelmoqda. Endilikda, unda dunyoning yana bir eng kuchli futbolchisi – Leo Messi bilan ham bir klub sharafini himoya qilish imkoni mavjud. Hozircha bu transfer haqida ovoza qilishga erta albatta, biroq muzokaralar boshlangan va barchasi yozda Pyanichning Kataloniyaga ko'chib o'tishi bilan yakunlanadigandek ko'rinish olmoqda.

BestMaster
8 May 2020, 06:00
«barselona», uchun, ronaldu, bilan, birgaoynayotgan, yangi, xavi, topdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads