Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

EChLdagi eng omadsiz futbolchilar ramziy jamoasi

.
- Yuklab olish

Stadion.uz futbol olamida millionlab muxlislar orttirganiga qaramay, biror marotaba “shalpangquloq”ni boshi uzra ko'tarmagan futbolchilardan tashkil topgan ramziy jamoa bilan tanishtirib o'tadi.

Darvozabon

Janluijji Buffon

Ushbu ro'yxatimizdagi eng buyuk futbolchilardan biri. U JCh g'olibi va o'z davrining eng yaxshi darvozaboni, Chempionlar ligasi finaliga naq 3 bor etib kelgan bo'lsa-da, musobaqaning kumush medallari bilan chegaralanishga majbur bo'lgan. Shunga qaramay, qolgan futbolchilardan farqli ravishda unda barchasini o'nglash uchun imkon mavjud.

Lilian Tyuram

Tyuram JCh va Evropa chempioni sanalsada, biror marotaba EChLda zafar quchmagan. O'z vaqtida “Barselona”, “Yuventus” va “Parma” singari klublar sharafini himoya qilgan himoyachi uchun bu sovrin abadiy armon bo'lib qolishi turgan gap.

Jorjo Kellini

Klassik himoyachilarning so'nggisi 15 yil davomida Italiyadagi barcha sovrinlarni qo'lga kiritganiga qaramay, ikki bor EChL finalida ispan klublariga mag'lub bo'lganidan xabaringiz bor. Maydonda chinakam jang qiluvchi futbolchi uchun bu sovrin qanchalar qadri ekanligini uning intervyularida bilib olish mushkul ish emas.

Fabio Kannavoro

Bugungi ro'yxatda “Yuventus” futbolchilarning ko'payib ketganini sezgan bo'lsangiz kerak. Bu bejizga emas. Turinda doimo super yulduzlar to'p surishgan. Ayniqsa, so'nggi 20 yil ichida “Yuve” 3 ta finalni boy berganivaziyatni chigallashtirib yuboradi. Kannavaro o'z vaqtida “oltin to'p”ni qo'lga kiritganini inobatga olsak, bu futbolchining uy muzeyida EChL oltin medallari bo'lishi shart edi.

Janlukka Zambrotta

Yana bir JCh g'olibi bilan himoyachilar ro'yxatini yakunlaymiz. Afsuski, Zambrotta avvaliga “Milan”ga 2003-yilda finalni boy bergan bo'lsa, keyin “Barselona”ni Gvardiola jamoaga kelishi bilan tark etadi. Qahramonimiz o'z pozitsiyaning eng kuchli futbolchilaridan biri bo'lishiga qaramay, boshqa hech qachon EChL sovringa yaqin ham kela olmaydi.

Yarim himoyachilar

Patrik Vieyra

Bugungi ro'yxatimizdagi yana bir JCh g'olibi. Patrik doimo o'zi to'p surgan jamoalarning etakchisi bo'lishga o'rganib qolgan. Afsuski, uning “Arsenal”i 2006-yilda “Barselona”ga finalda mag'lub bo'ladi. Keyin “Yuventus”ga o'tgan futbolchi karerasining so'nggi mavsumlarida “Inter” bilan shartnoma tuzadi. 2010-yilda Patrik katta pullar evaziga “Manchester Siti”ga o'tib ketadi. “Inter” esa, Joze bilan Vieyra ketgach Evropa taxtiga ko'tariladi.

 

Lotar Matteus

1990-yildagi “oltin to'p” sohibi “Inter” va “Bavariya”da top darajada harakat qilganiga qaramay, EChLda zafar quchish unga nasib etmadi. Eng alam qiladigan shundaki, Matteus “Manchester Yunayted”ga qarshi 1999-yildagi final uchrashuvining 80 daqiqasida ajoyib o'yin ko'rsatdi, biroq uni zaxiraga olishlari bilan “qizil iblislar” g'alabani ilib ketishdi. Afsuski, Lotar boshqa hech qachon EChLga bu qadar yaqin kela olmadi.

Diego Maradona

Maradona ikki bor EChL uchun kurash olib borgan bo'lsa, birida “Spartak”ka, ikkinchisida “Real Madrid”ga pley-offda imkoniyatni boy bergancha maydonni tark etishga majbur bo'lgan. Barcha Diegoni Messidan JChdagi g'alaba tufayli balandroq qo'yadi. Vaholanki, Maradona yaqin ham kela olmagan sovrindan Messida naqd 4 ta bor!

Hujumchilar

Roberto Badjo

Badjo nafaqat Italiya, balki butun futbol olamida o'rganilmagan “durdona asar” sifatida hali-hamon qadrlanadi. Qahramonimiz faoliyati davomida bir nechta skudetto, UEFA kubogi singari musobaqalarda zafar quchgan, biroq 1995-yilda “Yuventus”ni tark etgani uchun EChL g'olibligidan mahrum bo'lgan.

Ronaldo

Fenomenni bu ro'yxatda ko'rish biroz g'alati. O'z vaqtida “Barselona”, “Milan”, “Real Madrid” “Inter” singari super grandlar sharafini himoya qilgan qahramonimiz 2007-yilda “Milan”ning EChL uchun bergan “zayavkasi”ga kiritilmagani uchun ham medallarsiz qoladi. Afsuski, “oltin to'p” egasi o'z avlodining eng kuchli futbolchisi bo'lsada, sovrinsiz EChL sovrinisiz qolib ketdi.

Zlatan Ibrahimovich

EChL sovrini Zlatandan atayin qochib yurganga o'xshaydi. Avvaliga qahramonimiz “Inter”dan “Barsa”ga o'tdi va yakunda “Inter” EChLda zafar quchdi. Keyin u Italiyaga qaytganida “Barselona” Evropada tengsiz klubga aylandi. Juda qiziq va alamli tasodif.

BestMaster
7 May 2020, 16:30
echldagi, omadsiz, futbolchilar, ramziy, jamoasi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads