Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ouen karerasidagi pasayish: "Oltin to'p" sohibi qaerda xato qilgan?

Etiboringizga angliyalik sobiq futbol yulduzi haqida "Championat" nashrida elon qilingan maqolaning birinchi qismini taqdim qilishni lozim topdik.

.
- Yuklab olish

To'qsoningchi yillar oxiri, asrimiz avvalida Maykl Ouen dunyoning eng yaxshi hujumchilaridan biri edi. U 19 yoshida "Liverpul"ning asosiy o'yinchisiga aylanib, Angliya terma jamoasiga chaqiruv olishni boshlagan va JCH-1998 ishtirokchisiga ham aylangandi. Qatorasiga 2 mavsum APLning eng yaxshi to'purariga aylangan futbolchi 2001 yil (22 yoshida) "Oltin to'p"ga munosib deb topildi.

Mayklning faoliyati yorqin bo'ldi, ammo aslida juda uzoq davom etmadi. Uning "Real"ga o'tishini ko'pchilik xato deb biladi, ammo Mayklning Angliyaga qaytish varianti g'alati bo'lgan. Hujumchi Rafael Benites kutayotgan "Liverpul"ni emas, "Nyukasl"ni tanlagandi.

"Liverpul" Ouendan qishgacha kutishni so'ragan

Mersisaydliklar Maykl bilan shartnomani uzatira olishmadi. 2002/03 yilgi mavsum yakuniga ko'ra  APLda 5-o'rinni egallagan "Liverpul" CHempionlar Ligasi yo'llanmasidan mosuvo bo'ldi. Bu klub va Ouenning shaxsiy rejalariga jiddiy zarba berdi. Keyingi yil "Marsel"dan mag'lub bo'lgan "Liverpul" UEFA kubogining 1/8 finalida to'xtadi. SHundan keyin Mayklning "Real" yoki "Barselona"ga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Futbolchining o'zi matbuotga yakuniy qarorini elon qildi: "Men Lempionlar Ligasida o'ynamoqchiman. "Liverpul" buni hal qilishi kerak".

Mavsum yakunida jamoa 4-o'rinni banl qilgani holda ECHL kvalifikaciyasiga yo'llanmani naqd qildi, yozda esa Jerar Ule murabbiylik postini tark etdi. Uning o'rnini egallagan Rafael Benites Ouenbilan muzokara boshlaydi, ammo kech edi – hujumchi allaqachon "Real" bilan kelishib olishga ulgurgan. Madridda "galaktikos" yig'ildi, Ouen asosiy tarkib uchun Ronaldo, Raul va Morentes bilan raqobatlashishi kerak edi. Aksar o'yinlarni zahira o'rindig'ida boshlagan hujumchi 16 golning muallifiga aylandi. 2005/06 yilgi mavsum boshlanishidan avval  Kassano, Julio Baptista va Robino xarid qilindi. SHu tariqa hujum chizig'i vakillari haddan tashqari ko'payib ketdi.

Maykl "Liverpul" bilan bog'lanib, qaytishni xohlayotganini aytdi, ammo klublar transfer summasi borasida kelisha olishmadi. SHuningdek, "Liverpul"da Krauch, Sisse, Barosh va Fauler singari hujumchilar bor, klub ulardan birini sotishi kerak edi. Bu esa vaqt talab qilardi. Benites Ouendan yanvargacha kutishni so'radi. Ammo Maykl yana 6 oy kutishni istamadi, chunki "Real"da raqobat keskinlashgan va uning JCH-2006ga qatnashish masalasi xavf ostida qolardi. Forvard o'yin amaliyoti uchun "Nyukasl"ga ko'chib o'tdi. Uning transferi 25 mln evroga baholangan. Ha, o'sha paytlarda ingliz klubi ham boylar qatorida edi.

Maykl jamoaga tez moslashdi, ammo oldinda hali jarohat bor edi

2005 yilda ham "Nyukasl"ning tarkibi juda kuchli ko'rinishda bo'lgan (Given, Bumsong, Parker, Emre, SHirer), ammo Ouen bu jamoadagi oq qarg'aga o'xshardi. U yaqindagina "Oltin to'p" olgan, endi esa tumanli albionning o'rtamiyona jamoalaridan birida edi. 

Ouen APLning 17-turida "Vest Xem" darvozasiga 3ta gol urdi. Bu paytda Mayklning hisobida 7 gol bor, faqat ikki kishi undan yaxshiroq natija qayd etayotgandi – Rud van Nistelroy (9 gol) va Terri Anri (8 gol). 

Futbolchi uchun hammasi yaxshi ko'rinishda davom etar, u terma jamoa safida ham 3tadan gol va samarali uzatmani amalga oshirgan edi. Ammo mundial boshlanishidan 6 oy avval ("Tottenxem" bilan bahsda) Ouen jiddiy jarohatga yo'liqdi. Hujumchining mart oyida safga qaytishi rejalashtirildi, ammo unda ikkinchi operaciyaga ham zarurat tug'ildi. 

Mayklning to'liq tiklanishi aprel oyining oxirlariga to'g'ri keldi va u 37-turda maydonga qaytdi. Terma jamoa ustozi Sven-Yoran Erikson o'yin amaliyoti va jismoniy holatidagi kamchiliklarga qaramay Ouenni 2006 yilgi mundialga olib bordi: "Men Maykldan xavotirda emasman. Biz besh yil davomida birga ishladik, u nimalarga qodirligini juda yaxshi bilaman"...

Maqolaning ikkinchi qismi birozdan so'ng etiboringizga havola qilinadi. Unda siz Maykl Oven yo'liqqan dahshatli jarohat va faoliyatidagi barqaror pasayish yillari haqida malumotlarga ega bo'lishingiz, o'sha paytlarni yodga olishingiz mumkin.

Faxriddin Ro'ziev

BestMaster
5 May 2020, 08:00
karerasidagi, pasayish, oltin, sohibi, qaerda, xato, qilgan?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads