Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Jeymi Karrager EChL g'oliblari ramziy jamoasini tuzdi: Ronaldu unga kiritilmadi

«Liverpul» klubi sobiq himoyachisi va hozirda teleboshlovchilik qilayotgan Jeymi Karrager faoliyatida hech bo'lmasa bir marta Chempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritgan futbolchilardan ramziy jamoani tuzib chiqdi.

.
- Yuklab olish

«Liverpul» klubi sobiq himoyachisi va hozirda teleboshlovchilik qilayotgan Jeymi Karrager faoliyatida hech bo'lmasa bir marta Chempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritgan futbolchilardan ramziy jamoani tuzib chiqdi.

Karrager ushbu jamoani tuzishda o'z oldiga bir nechta shartlarni qo'ydi:

— 11 o'yinchi, bitta zaxiradagi o'yinchi va murabbiy;
— futbolchilarning klubi va milliy jamoasi takrorlanmasligi kerak;
— o'yinchi bir nechta klub safida turnirda g'alaba qozongan bo'lishi mumkin;
— Hisob 1992/93 yilgi mavsumdan olindi.

Karragerning ramziy jamoasidan Krishtianu Ronaldu o'rin olmadi. Vaholanki, portugaliyalik futbolchi faoliyati davomida 5 marta EChLda g'olib chiqqan va turnirning eng yaxshi to'purari (128ta gol) hisoblanadi. Jeymi "Real"dan Fernando Yerroni tanladi.

Ramziy jamoaning hujum chizig'idan Lionel Messi ("Barselona" va Samuel Eto'O ("Inter") o'rin olishdi.

Karragerning ramziy jamoasi quyidagicha ko'rinishda bo'ldi:

Darvozabon: Petr Chex («Chelsi», Chexiya)

Himoyachilar: Moreno Torrichelli («Yuventus», Italiya), Yurgen Koler («Borussiya» Dortmund, Germaniya), Fernando Yerro («Real», Ispaniya), David Alaba («Bavariya», Avstriya).

Yarim himoyachilar: Dide Desham («Marsel», Frantsiya), Stiven Jerrard («Liverpul», Angliya), Klarens Zeedorf («Ayaks», Niderlandiya), Kaka («Milan», Braziliya).

Hujumchilar: Lionel Messi («Barselona», Argentina), Samyuel Eto′O («Inter», Kamerun).

Zaxira: Deku («Portu», Portugaliya).

Murabbiy: Aleks Fergyuson («Manchester Yunayted», Shotlandiya).

BestMaster
4 May 2020, 22:30
jeymi, karrager, echl, goliblari, ramziy, jamoasini, tuzdi, ronaldu, unga, kiritilmadi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 2
 Chaqmoq  
Kirraxur sening fikring bilan hech kimni ishi yuq ronaldoning ychl tarixidagi eng yaxshi uyinchi ekanligini hamma tan ogan
4 May 2020, 22:59
 u7777u  
Чақмоқ туғири итасиз роналду ечл қироли
5 May 2020, 10:29
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads