"Real" yozda yarim himoyachi Xames Rodrigesni sotmasligi mumkin. Bu haqda "Marca" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz tufayli madridliklar yangi o'yinchi xarid qila olishmaydi. Shuning uchun jamoa kolumbiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirishi mumkin. Zidan Xamesga imkoniyat berishga tayyor.
Xamesning transfer narxi 32 million evro baholangan. Ushbu mavsumda u "Real" safida 13ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.