Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xolandning sobiq murabbiyi: «U — yangi Ibrahimovich, Erling «Real» uchun tug'ilgan»

Hujumchi Erling Xoland bilan «Zaltsburg»da birga ishlagan murabbiy Stanislav Matsek 19 yoshli o'yinchining imkoniyatlarini yuqori baholadi.

.
- Yuklab olish

Hujumchi Erling Xoland bilan «Zaltsburg»da birga ishlagan murabbiy Stanislav Matsek 19 yoshli o'yinchining imkoniyatlarini yuqori baholadi.

«Xoland — bu yangi Ibrahimovich. Qo'shimcha qilib shuni aytishim mumkinki, u tezroq va yaxshiroq harakat qiladi. Erling faoliyatidagi katta qadamni tashladi va hozirda Germaniya chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan biri.

Agar o'sishda davom etsa, biz uni qaysidir grand jamoa safida ko'rsak kerak. Masalan, «Real» tarkibida. Eng yaxshi o'yinchilar hamisha Madridda o'ynab kelgan, Xoland — eng yaxshilaridan biri. U «Real»da o'ynash uchun tug'ilgan.

Xoland mehnatni yaxshi ko'radi. U "Zaltsburg"da o'ynayotganida, juda ko'p shug'ullanardi. U menga har kuni ming marta o'tirib-turish va yotib-turish mashqlarini bajarishini aytgan edi», — dedi Matsek.

Xoland 2020 yilning yanvar oyida «Borussiya»ga o'tib, mavsum to'xtab qolgan paytgacha 11ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol urdi.

BestMaster
4 May 2020, 14:00
xolandning, sobiq, murabbiyi, yangi, ibrahimovich, erling, «real», uchun, tugilgan»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads