Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real" 17 yoshli futbolchi bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazdi

"Real" klubining agenti "Renn" yarimhimoyachisi Eduardo Kamavinge bilan aloqada bo'ldi. AS nashrining xabariga ko'ra, bu 17 yoshli futbolchining vakillari bilan bo'lgan birinchi aloqa.

.
- Yuklab olish

"Real" klubining agenti "Renn" yarimhimoyachisi Eduardo Kamavinge bilan aloqada bo'ldi. AS nashrining xabariga ko'ra, bu 17 yoshli futbolchining vakillari bilan bo'lgan birinchi aloqa.

Muzokaralarni klub bosh skauti Juni Kalafatni olib bordi. Uning maqsadi Kamavingining "Renn"dagi vaziyatini bilish va futbolchining klubni tark etish yoki etmasligi borasidagi xohishini aniqlash edi. Manbaning so'zlariga ko'ra, Eduardo karerasidagi navbatdagi qadamni tashlashga qarshi emas va yozda klubni o'zgartirish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda.

2019/20 yilgi mavsumda Kamavinge "Renn" tarkibida barcha musobaqalarda 36 o'yin o'tkazdi, 1 gol urdi va 2 ta assistni amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yil yozigacha mo'ljallangan. U allaqachon Frantsiyaning 21 yoshgacha bo'lgan futbolchilar terma jamoasida debyut qilgan.

Avvalroq, "Renn" bosh murabbiyi Jyulen Shtefan Kamavingening keyingi mavsumda klubda qolishiga ishonch bildirgan edi.

BestMaster
4 May 2020, 09:30
yoshli, futbolchi, bilan, dastlabki, muzokaralarni, otkazdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads