Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

«Real»ni «perezagruzka» kutmoqda

Koronavirus pandemiyasi iqtisodiy jihatdan baquvvat klublarni ham o'ylantirib qo'ydi.

.
- Yuklab olish

Koronavirus pandemiyasi iqtisodiy jihatdan baquvvat klublarni ham o'ylantirib qo'ydi. Yillik daromadlari (757,3 million evro) bo'yicha jahonning ikkinchi klubi hisoblangan «Real» inqirozga uchramaslik uchun xarajatlarni qisqartirish haqida o'ylay boshladi.

Aniq faktlarga to'xtalib o'tamiz.

1. «Real» ushbu mavsumda 822 mln evro daromad olib, 741 mln evro xarajat qilishni rejalashtirgan edi. Daromadlar 4ta toifaga bo'lingan:

abonement va chiptalar — 161 mln evro;
xalqaro musobaqalar va o'rtoqlik o'yinlari — 109 mln evro;
TV-translyatsiya huquqi — 180 mln evro;
marketing — 371 mln evro.

2. Savdo do'konlari (yillik — 25 mln evro) va muzey (yillik — 60 mln evro) yopiq turgani uchun «Real» daromadlarni yo'qota boshladi. Karantin bekor qilinganidan keyin odamlarning tashrifi yana boshlanadi, ammo stadionga muxlislar kiritilmaydi.

3. Ma'lumotlarga qaraganda «Real» o'tgan mavsumda 26ta uy uchrashuvidan (chiptalar+taom va atributikalar savdosi) 145 million evro ishlab topgan. O'rtacha bitta o'yinda — 5,6 mln evro. Ushbu mavsumda jamoa kamida 6ta o'yin o'tkazishi kerak. Zarar — 34 mln evro.

4. Bundan tashqari, klub abonementlarning to'rtdan bir qismini muxlislarga qoplab berishi kerak — 54 million evro.

5. Klub xarajatlarning bir qismini maoshlarni 10%ga qisqartirish orqali qoplaydi — 45 mln evro.

6. Xarajatlarni kamaytarishning yana bir yo'li — jamoa yuqori maosh oladigan futbolchilar bilan xayrlashishi kerak. «Real» bu orqali maoshlar bilan xarajatni 80 mln evroga kamaytirmoqchi. Buning uchun klub Beyl (yillik maoshi — 30 mln evro), Xames (18 mln), Lukas Vaskes va Mariano (8 million evrodan)ni transferga qo'ydi.

7. Modrich (16 mln), Marselo (13) va Nacho (8) ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istasalar, klub ularni ushlab o'tirmaydi — sotib yuboradi. Shuningdek, «Bavariya» Odriosolani sotib olishiga madridliklar umid qilishmoqda.

8. Katta ehtimol bilan «Madrid» yangi xaridlarni amalga oshirmaydi. Klub ijaradan qaytadigan futbolchilar — Hakimiy, Edegor, Regilon, Sebalos, shuningdek, Reyner, Kubo va Braim orqali tarkibni yoshartirmoqchi.

BestMaster
3 May 2020, 15:30
«real»ni, «perezagruzka», kutmoqda,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads