Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Jon Terridan Ronaldugacha. Joze Mourino qo'l ostida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa

Transfermarkt portali «Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourino qo'l ostida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.

.
- Yuklab olish

Transfermarkt portali «Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourino qo'l ostida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.

Mazkur terma jamoadan Mourinoning asosan «Real» va «Chelsi»dagi sobiq shogirdlari o'rin oldi. Ularning ba'zilari Joze bilan bir nechta klubda birga ishlagan.

Portugaliyalik mutaxassis boshqaruvida eng ko'p uchrashuvda qatnashgan futbolchi Rikardu Karvalyu bo'ldi. Himoyachi dastlab «Portu»da keyinchalik esa «Chelsi» va «Real»da vatandoshi qo'l ostida to'p surgan hamda ularda jami 281 o'yin o'tkazgan.

Ramziy terma jamoa bilan tanishing:

Darvozabon: Petr Chex (195 o'yin);

Himoyachilar: Paulu Ferreyra (207), Jon Terri (266), Rikardu Karvalyu (281), Serxio Ramos (137);

Yarim himoyachilar: Nemanya Matich (159), Xabi Alonso (151), Frenk Lempard (215);

Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (164), Mesut O'zil (157), Dide Drogba (186).

Ma'lumot uchun, Joze Mourino murabbiylik faoliyati mobaynida «Portu», «Chelsi», «Inter», «Real» va «Manchester Yunayted» kabi klublarni boshqargan. Hozirda mutaxassis «Tottenhem» ustozi hisoblanadi.

BestMaster
3 May 2020, 09:30
terridan, ronaldugacha, joze, mourino, ostida, oyin, otkazgan, futbolchilardan, iborat, ramziy, terma, jamoa,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 u7777u  
Састав зур
3 May 2020, 10:12
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads