Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Xayrulla Hamidov maqolasi: "Geometriya ustasi"

.
- Yuklab olish

2 may kuni dunyo tan olgan yulduz Devid Bekhem 45 bahorni qarshi oldi. Muxlislarni futbolga va MYuga oshiq qilgan yigitning eng gullagan davri qizil iblislar tarkibida o'tgan. Shu bois ham, keyingi jamoalari unaqa ishtiyoq bilan eslanmaydi.

Angliyalik iqtidor o'zining yulduzli onlarini asosan Aleks Fergyuson boshchiligida o'tkazgan.

2003 yilda murabbiy bilan kechgan “qosh yorish” marosimidan so'ng qirollik klubiga shov-shuvli summa bilan o'tdi. To'g'ri, Devid Zidanu Figular orasida yo'qolib ketmagan bo'lishi mumkin, ammo biz bilgan o'sha yulduz anchayin xira tortib qolgandi. Tan olaylik, oq libosli Bekxem qizil libosli Bekxemning soyasida yashadi. Jarima to'pi qirolining soyasi ham kuchli ekan, anchagina yashab berdi.

Shunday bo'lsa-da, Bekhemga kim muxlis bo'lib ulgurgan bo'lsa, qizil libosidagai davriga to'g'ri keladi. O'sha muxlislar Realda ham suyuklilarining o'ynab ketishini, o'ynaganda ham lider darajasida harakat qilishini istashgandi. Unday bo'lmadi. Unday bo'lmasligini ser Aleks ancha avval sezgan va : “MYu Bekhemsiz yashayveradi, ammo teskarisi bo'lishi mushkul”, degandi.

Mayli, faoliyatini baribir mendan ham yaxshi bilasiz. Devidning boshqa tomoniga ham o'taylik. Unda nimaga nisbatan fobiya, ya'ni qo'rquv bor, deb o'ylaysiz. Qushlardan qo'rqarkan. Juda ko'p avtomobillari bo'lishiga qaramay, mototsiklni hush ko'radi.

Bekhem erkaklardan birinchi bo'lib ayollarning Elle jurnali muqovasida chiqqan. Chunki u stil ulashuvchi metr edi. O'zi aytgan, imidjining har bir nuqtasini xotini bilan maslahatlasharkan. Ayollar ko'zi bilan qarash kerak avvalo, deydi bu masalada.

To'rt farzandi bor, uchtasi o'g'il - − Bruklin Djozef, Romeo Djeyms, Kruz Devid . qizining ismi Xarper Seven. Oila bahrida ko'p o'tiradigan bolajon ota hisoblanadi. Nafaqat o'z bolalariga, balki jahon bolalariga ham xayriya ulashuvchi fond egasi. Maoshining bir qismi muntazam bolalarning sog'lig'ini saqlovchi jamg'armaga borib turadi. Elezaveta 2 Bekxemni Britaniya imperiyasi ofitseri deb e'lon qilganida asosan shu xizmat yotadi.

Santextexnik va sartarosh oilasida dunyoga kelgan ingliz yulduzi ona tomonlama yahudiy, ya'ni onasining bobosi ana shu millatga mansub. O'zini ham yarim yahudiy deb biladi.

Bekhem googleda eng ko'p axtarilgan futbolchilar ro'yxatida uchinchi o'rinda, yuqoridagi ikki o'yinchi hali o'ynayotganini hisobga olsak, natija yomonmas.

Devid har o'yinga alohida yangi butsalar bilan chiqqan. Hech qachon bir kiygan butsasini boshqa payt kiymagan. Nafaqat jarima zarbalari bilan, balki soch turmagi bilan ham o'ta mashhur bo'lganini bilasiz.

U juda ko'p bor yangi turmak bilan chiqardi. Qo'rqmasdi. Qizig'i, Bekhemning turmagi darhol modaga aylanib ketardi. Hatto taqir kalga oldirib o'ynaganida ham.
Bekhem futbol va moda bir-biridan bo'lakcha yo'llar emasligini namoyish etib bergan birinchi qaldirg'ochdir. Hozirgi Ronaldu va Neymarlar uning shogirdidir.

BestMaster
2 May 2020, 10:00
xayrulla, hamidov, maqolasi, geometriya, ustasi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads